Qanday qilib Android smartfonni iPhone qilish mumkin?

Qanday qilib Android smartfonni iPhone qilish mumkin?

Turli xil sabablarga ko'ra o'z Android smartfoningizni iPhone smartfonlarinikidek interferysga ega bo'lishini xohlashingiz mumkin. Ha, albatta, buning iloji bor. Bir nechta qo'shimcha ilovalar va sozlamalarni to'g'rilash bilan siz o'z Android qurilmangizni umuman bilinmaydigan darajada iOS ko'rinishiga o'zgartirib olishingiz mumkin. Buning uchun quyidagi to'rt ilovani o'rnatish kerak. Sizga taqdim qilinayotgan to'rt ilovaning uchtasi bitta ishlab chiqaruvchiga tegishli va bu reklama emas. Ilovalar bir nechta variantlar orasidan xatoliklarsiz ishlashi va bepulligi uchun tanlab olingan.

1. iOS 15 stilidagi launcherni o'rnatish

Google Play Store'dan yuklab olish uchunLauncher iOS 15

Ilk qo'yiladigan qadam iOS 15 stilidagi interfeysni beruvchi launcher dasturni Android uchun ilovalar do'koni, Google Play Store'dan yuklab olish bo'lib, o'rnatilganidan keyin uni standart interfeys launcheri sifatida tanlash kerak. Ilova ishga tushirilganidan keyin smartfoningiz bir necha soniyalar ichida 60% iPhone ko'rinishiga ega bo'ladi. O'z xohishingizga ko'ra ilova ichidan blur effektlarini, fon rasmlarini va animatsiyalarni tanlashingiz mumkin.

2. iOS 15 stilidagi boshqaruv markazini o'rnatish

Google Play Store'dan yuklab olish uchunControl Center iOS 15

Ikkinchi qilinadigan ish, iOS 15 stilidagi Control Center ilovasini o'rnatish bo'lib, uni ishga tushirgandan keyin unga kerakli ruxsatlarni berish kerak. Dastur yoqilganidan so'ng, iPhone stilidagi boshqaruv markazi ekran o'ng chetidan chapga surish orqali chiqishini ko'rishingiz mumkin. Ta'bingizga ko'ra ilova ichidan uning joylashuvini pastdan yoki tepadan chiqadigan qilib olsangiz bo'ladi.

3. iOS 15 stilidagi ekran qulfi ko'rinishi

Google Play Store'dan yuklab olish uchuniOS 15 Lock Screen & Notifications

Uchinchi qadamda biz iOS 15 Lock Screen & Notifications dasturi bilan ekran qulfimiz ko'rinishini iPhone stilidagiga o'zgartiramiz. Ilovaning to'g'ri ishlashi uchun smartfoningiz ochilishiga qo'ygan har qanday parol, barmoq izi yoki yuzni aniqlash bilan ochiladigan qulflarni olib tashlashingiz kerak. Shundan keyin dastur avtomatik tarzda ishga tushadi va Yoqish tugmasini bosganingizda iOS stilidagi ekran qulfini ko'rishingiz mumkin.

4. iOS 15 stilidagi klaviatura

Google Play Store'dan yuklab olish uchunKeyboard iOS 15

So'nggi qiladigan ishimiz iOS stilidagi klaviatura ilovasini yuklab olish bo'lib, uni o'rnatganingizdan keyin qurilmangiz sozlamalari orasidan "klaviatura" deb qidiring va mavjud klaviaturalar orasidan iPhone stilidagi klaviaturani standart ishlaydigan qilib belgilang. Eslatib o'tamiz, har qanday uchinchi tomon klaviatura ilovalari siz har bir yozganlaringizni to'plashi mumkin.

Natijaga qaraydigan bo'lsak, asli Android bo'lgan smartfon deyarli to'liq iPhone ko'rinishiga keladi. Istasangiz Google Play Store do'konidan kalkulator, izoh qoldirish ilovalarining iPhone ko'rinishidagi analogini ham yuklab olishingiz mumkin.

O‘QING: iPhone 14 old kamerasi yangilanadi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!