Qanday qilib Instagram akkauntni to'liq o'chirib yuborish mumkin?

Qanday qilib Instagram akkauntni to'liq o'chirib yuborish mumkin?

Instagram nafaqat butun dunyoda balki O'zbekistonda ham eng ko'p foydalaniladigan ijtimoiy tarmoqlardan hisoblanadi. Agar siz ham uning foydalanuvchisi bo'lsangiz va qandaydir sabablar (ehtimol kompaniyaning so'nggi siyosati sabab) undan qanday qutulishni bilmayotgan bo'lsangiz, ushbu maqola aynan siz uchun. Quyida qanday qilib Instagram akkauntni to'liq o'chirib yuborish mumkinligini ko'rib chiqamiz.

Akkauntni o'chirishdan avval shuni aytishimiz kerakki, akkaunt o'chirilganidan so'ng uni qayta tiklashning iloji bo'lmaydi, ya'ni siz platformadagi barcha surat, video va xabarlaringizni yo'qotasiz. Tayyor bo'lsangiz boshlaymiz:

1. Akkauntga kirish

Kompyuter yoki mobil qurilmangizdan https://instagram.com/accounts/remove/request/permanent/ sahifasini oching. Akkauntni o'chirish uchun siz avval unga kirishingiz kerak bo'ladi. Agar brauzerda instagram.com saytiga kirgan bo'lsangiz, unda bunga hojat qolmaydi. Aks holda esa tizimga kirishingiz kerak. Agar parolingizni unutgan bo'lsangiz, uni o'zgartirishingiz kerak bo'ladi.

2. Akkauntingizni o'chirish sahifasida sizdan nima uchun uni o'chirishni xohlayotganingiz so'raladi. Siz "Maxfiyligim haqida qayg‘uraman" yoki "Juda ko'p reklamalar" kabi variantlardan birini yoki "Boshqa narsa"ni tanlashingiz mumkin.

3. Sababni tanlaganingizdan so'ng sizdan parolingizni qayta kiritishingiz so'raladi. Bu sizning akkaunt egasi ekanligingizni va uni o'chirib tashlamoqchi ekanligingizni tasdiqlash uchun.

4. Parolni qayta kiritgandan so'ng, "Akkauntni butunlay o'chirish" tugmasini bosing. Bu sizning akkauntingizni o'chirib tashlash uchun qo'yilgan so'nggi qadam bo'ladi.

Ta'kidlash joizki, shundan so'ng sizning akkauntingiz Instagram'dan olib tashlanadi va 30 kun ichida platformadan to'liq o'chirib yuboriladi. Agar akkauntingizni o'chirib yuborish fikridan qaytsangiz siz 30 kun ichida akkauntingizga qayta kirish bilan uni saqlab qolishingiz mumkin.

O'QING: Instagram'dan "Xarid qilish" bo‘limi olib tashlanadi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!