Qanday qilib IP manzil bo‘yicha odamning qayerdaligini aniqlash mumkin?

Qanday qilib IP manzil bo‘yicha odamning qayerdaligini aniqlash mumkin?

Internet tarmog‘iga ulangan har bir kompyuter yoki telefon o‘zining shaxsiy IP manziliga ega bo‘ladi. Bir vaqtning o‘zida tarmoqda bir xil IP manzilga ega bo‘lgan ikki uskuna bo‘lmaydi. Shu sababli IP manzil bo‘yicha foydalanuvchining aniq turar joyini aniqlab olish hozirda katta qiyinchilik tug‘dirmaydi.

O‘QING: Telegram’ga qarshi behuda jang: Roskomnadzor adashib, Amazon IP-manzillariga kirishni yopib qo‘ydi

Qiziquvchan odam biror kimsaning IP manzilni bilgan holda uni qayerdaligini bilib olishga qiziqishi mumkin. Buni bilish uchun quyidagi ko‘rsatlamalarni bajarish tafsiya qilinadi:

Birinchi: IP manzilini bilish maqsadi har xil sabablar tufayli tug‘ilishi mumkin. Misol uchun, sizning kompyuterngizga kimningdir ulanib olgani ehtimoli bo‘lsa, kompyuterga ulanilgan IP manzillar ro‘yxatini «netstat-aon» komandasini «komandnaya stroka»ga kiritish orqali tekshirish mumkin. «vneshniy adres» ustunida kompyuterga ulangan IP manzillar ro‘yxati keltiriladi.

Ikkinchi: Biror sayt IP manzilini aniqlash «ping» komandasi orqali amalga oshiriladi. Undan foydalanish juda oson: «ping bilmoqchi bo‘lgan sayt IP manzili» shaklida yozib aniqlash mumkin. Enterni bosganingizdan so‘ng birinchi qatorlarda sayt IP manzilini ko‘rasiz.

Uchinchi: Kompyuter qayerda joylashganini aniqlash uchun internetdagi maxsus servislarning biridan foydalaning. Misol uchun:www.ip-1.ru. Saytning Geokodirovaniye bo‘limi tanlab IP manzilni kiriting va «Otobrazit na karte» tugmasini bosing. Ushbu paydo bo‘lgan kartada kompyuter joylashgan manzil ko‘rsatiladi.

Ammo xakerlar aksariyat hollarda IP manzilni yashiruvchi proxy serverlardan foydalanadilar. Bu holda siz xakerning aniq manzili aniqlashingiz imkoni yo‘q. Ammo kompyuter proxy serverdan foydalanayotganini tekshirish uchun http://www.ripe.net/ servisidan foydalanishingiz mumkin. Bu servis siz IP manzil haqida batafsil ma’lumot berishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, siz bilmoqchi bo‘lgan shaxsning qayerdaligini aniqlash uchun uning IP manzilini bilish talab etiladi.

O‘QING: IP manzil haqida

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!