Qanday qilib Microsoft’dan 20 000 dollar undirish mumkin?

  •   DiMaX
  •  1425
  •  31.01.2020 12:04

Qanday qilib Microsoft’dan 20 000 dollar undirish mumkin?

Turli kompaniyalar o‘z mahsulotlari yoki servislarining muhofazasidagi nuqsonlarni topib bartaraf etish uchun chet dasturchi va xakerlarga murojat etib turishidan xabaringiz bor. Topib bergan nuqsonining jiddiyligiga qarab, ularga turlicha miqdorda pul mukofotlari beriladi.

O‘QING: Xitoylik xakerlar Chrome, Edge, Safari va boshqalar himoyasini buzib, 500 000 dollar olishdi

Microsoft korporatsiyasi Xbox Live servislari va tarmog‘idagi himoya tuynuklariga qarshi kurashish uchun Xbox Bounty Program dasturini e’lon qildi. Ular muhofazasidagi jiddiy nuqsonni topgan kishi 20 ming dollargacha mukofot olishi mumkin.

Shu kabi boshqa dasturlarda bo‘lgani kabi, Microsoft ham faqat jiddiy kamchiliklarni aniqlagan dasturchi va xakerlarni mukofotlaydi. Deylik, uning serverlarini buzib kirish mumkin bo‘lgan xatolikni aniqladingizmi – korporatsiya buning uchun pulni ayamaydi. Lekin biror o‘yin, masalan – Apex Legends o‘yini davomida ulanishda muammo uchradimi – bunisi endi xatolik emas.

Bundan tashqari, Microsoft ayrim turdagi nuqsonlarni topishni mazkur dastur doirasiga kiritmagan; ularning to‘liq ro‘yxatini mana bu havola orqali ko‘rishingiz mumkin. Qisqacha aytganda, bular – Microsoft xodimlari yoki Xbox foydalanuvchilariga fishing yoki DDoS-hujum uyushtirish kabilardir.

O‘QING: Apple’ga ishga kirish ilinjida avstraliyalik o‘smir uning serverlarini ikki marta buzib ko‘rsatdi, lekin...