Qanday qilib Samsung gadjetlarini bepulga olish mumkin?

Qanday qilib Samsung gadjetlarini bepulga olish mumkin?

Bir necha kun oldin Samsung poytaxtimiz Toshkentdagi Mercato savdo markazida o'zining rasmiy savdo do'koni va servis markazini ochdi. Ochilish munosabati bilan kompaniya 16-iyundan 23-iyulga qadar bo'lib o'tadigan sovg'alar haftaligini o'tkazmoqda.

Agar yangi ochilgan Samsung Mercato do'konidan Galaxy Z Fold 3 yoki Galaxy Z Flip 3 buklamafonlaridan birini yoki Galaxy S22 qatoridagi modellardan birini yoki Galaxy S21 FE, Galaxy S20 FE smartfonlaridan birini xarid qilsangiz, sizga Galaxy Watch Active 2 aqlli soati sovg'a sifatida beriladi. Yoki agar istalgan modeldagi Galaxy Tab planshetini xarid qilganingizda Galaxy Buds Live simsiz quloqchinini sovg'a sifatida olishingiz ham mumkin. Yoki istalgan Galaxy A seriyasidagi smartfoni uchun Level U2 quloqchinini sovg'a sifatida olsangiz bo'ladi.

Ta'kidlash joizki, ushbu aksiya faqat Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Kichik halqa yo'li ko'chasi, 57-uyda joylashgan "Mercato" SM, 13/14-do'konlarida 16-iyuldan 23-iyulgacha amal qiladi.

Foto: Samsung

Bundan tashqari, Samsung 18-iyuldan 31-iyulgacha quyidagi aksiyalarni ham o'tkazmoqda:

  • Elmakon, Media Park, Credit Asia, Texnomart, Ishonch, Milliy Kredit, Idea, Radius do'konlaridan yoki Samarqand Darvoza, Family Park savdo markazlaridagi Samsung rasmiy do'konlaridan Galaxy S21 FE xarid qilinganida Galaxy Buds 2 sovg'aga;
  • Texnomart yoki Credit Asia do'konlaridan Galaxy Z Fold 3 xarid qilinganida Galaxy Buds 2 sovg'aga;
  • Texnomart do'konidan Galaxy Z Flip 3 xarid qilinganida Galaxy Buds 2 sovg'aga;
  • Credit Asia yoki Ishonch do'konlaridan Galaxy S22, S22+ yoki S22 Ultra xarid qilinganida Galaxy A03 (32GB) sovg'aga;
  • Galaxy A33 5G, A53 5G va A73 5G xarid qilinganida 25 Vt quvvatlovchi adapter sovg'aga.

Eslatib o‘tamiz: yuqoridagi aksiyalar faqat ma’lumot berish maqsadida keltirilgan bo‘lib, Terabayt.uz sayti ularning to‘g‘ri ekani va to‘g‘ri bo‘lib qolishiga kafolat bermaydi. Barcha ma’lumotlarni Samsung rasmiy sahifalaridan olishingiz mumkin.

O'QING: Samsung suratlar bilan ishlaydigan yangi ilova chiqardi