Qanday videolarni tarqatishga 22 million so‘mdan ortiq jarima belgilangan?

  •   DiMaX
  •  1204
  •  16.01.2021 08:47

Qanday videolarni tarqatishga 22 million so‘mdan ortiq jarima belgilangan?

Kuni kecha AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida IIV tergov departamenti bo‘lim boshlig‘i Azizbek Dolixo‘jayev ishtirok etdi. Mutaxassis unda ko‘pchilikka asqotadigan ayrim ma’lumotlarni aytib o‘tdi.

O‘QING: Prezident qonunni imzoladi: yolg‘on axborot uchun 89 mln 200 ming so‘mgacha jarima yoki uch yilgacha ozodlikni cheklash jazosi!

Jumladan, kishi «samosud» jarayonini videotasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirayotgan bo‘lsa, Jinoyat kodeksining 130-moddasi, ya’ni zo‘ravonlik va yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi ma’lumotlarni tayyorlash, uni tarqatish yoki joylashtirganlik uchun avvalambor ma’muriy javobgarlik nazarda tutilgan.

Bunda jismoniy shaxslarga 100 baravargacha miqdorda, ya’ni 22 million so‘mdan ziyod jarima jazosi qo‘llanishi, uning harakatlari jinoyatni keltirib chiqaradigan bo‘lsa, 3 yilgacha axloqni tuzatish ishlari jazosi nazarda tutilgan.

Xo‘sh, o‘zi «samosud»ga aralashgan odam qanday jazoga tortiladi?

Birinchidan, shaxsning harakatlari «samosud» qilingan jabrlanuvchining shunga qaratilgan xatti-harakatdan kelib chiqadi. Ya’ni uni tutqunlikda ushlash, jabrlanuvchiga qay darajada jarohat yetkazganidan kelib chiqib jazo belgilanadi.

Yoki jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimaslik oqibatida sodir etgan qilmishi uchun tegishli moddalar bilan javobgarlik nazarda tutilgan».

O‘QING: RASMIY IZOH: IIV xodimlarini suratga yoki videoga olib, internetga chiqarish mumkinmi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!