"Qariya" kompyuterlarni yoshartiradigan operatsion tizim yaratildi

Google Chrome OS Flex deb nomlanuvchi yangi operatsion tizimni taqdim qildi. Korxona va maktablar uchun mo‘ljallangan yangi tizim eski kompyuterlarni tez va xavfsiz ishlashi uchun chiqarilgan. 

Kompaniya Chrome OS Flex 13 yil oldingi kompyuterlarga ham bir necha daqiqada o‘rnatilishi va uzoq yillar davomida qurilmada barqaror ishlashi mumkinligi aytdi. Ma’lum bo‘lishicha, yangi operatsion tizim Chrome OS kabi ishlaydi, chunki u bir xil kod bazasida yozilgan, biroq, Chrome OS Flex Android ilovalar va Google Play Store'ni va qurilma xususiyatiga qarab Google Assistant funksiyalarini ham qo‘llab-quvvatlamaydi. 

Chrome OS Flex'dan hoziroq foydalanib ko‘rsangiz bo‘ladi, lekin u hozirda test jarayonida ekanligini hisobga olsak, tizim unchalik barqaror bo‘lmasligi mumkin. Tizimdan foydalanish uchun sizga USB fleshka kerak bo‘ladi, qanday o‘rnatish haqidagi batafsil ma’lumotlarni Chrome Enterprise saytidan bilib olishingiz mumkin. 

O‘QING: Snapdragon 8 Gen1 chipi bilan jihozlangan Redmi K50 Gaming taqdim etildi