Qarshi oling: Apple TV+ – eksklyuziv seriallar va filmlar servisi! (+videolar)

  •   DiMaX
  •  804
  •  26.03.2019 18:34

Qarshi oling: Apple TV+ – eksklyuziv seriallar va filmlar servisi! (+videolar)

Apple kompaniyasi 25 mart kuni «Stiv Jobs teatri»da matbuot anjumani o‘tkazganidan xabaringiz bor. Unda Apple Card, Apple Arcade, Apple News+ kabi bir qator yangi servislar taqdim etildi.

O‘QING: 14 yashar o‘smirni Apple nega mukofotlayapti?

 Kupertinolik korporatsiya mazkur tadbirida Apple TV+ servisini ham namoyish etdi. Bu – faqatgina Apple buyurtmasiga ko‘ra tayyorlangan original kontent tomosha qilinadigan o‘ziga xos loyihadir. Kompaniya bu borada hamkorlik qilishga ko‘plab mashhur aktyorlar, rejissyorlar, ssenarist va prodyuserlarni jalb etgan. Ular orasida Riz Uizerspun, Jennifer Eniston, Bri Larson, Jeyson Mom, Oktaviya Spenser, Jey Jey Abrams, M. Nayt Shyamalan va Stiven Spilberg kabilar ham bor.

Apple TV+ uchun maxsus original seriallar va badiiy filmlar suratga olinadi, jumladan, Jennifer Eniston ishtirokida komediya ham.

Ushbu servisga bag‘ishlangan rasmiy videolavha:

Korporatsiya Apple TV+ servisini tayyorlashga birmuncha oldin – Apple Music’da teleshou va kliplar paydo bo‘lganidayoq kirishgan. Ko‘rinib turibdiki, musiqalar servisi videokontent uchun torlik qilgan va ushbu yangi servis tashkil etilgan. Apple TV+ uchun ayrim film va seriallar allaqachon tayyor bo‘lib bo‘lgan, qolganlari esa suratga olish va montaj jarayonidadir.

O‘QING: 2018 yilning eng zo‘r o‘yin, ilova, kitob, film va seriallarini Google e’lon qildi

Apple TV+ taqdimotini mashhur Stiven Spilberg olib bordi:

Jennifer Eniston, Riz Uizerspun hamda Stiv Karell «Tonggi shou» komediyali serialini taqdim etishdi:

Kumeyla Nanjiani AQShga ko‘chib kelib, muvaffaqiyatlarga erishgan emigrantlar haqida ushbu servis uchun maxsus serial ishlaydi. Bu – hayotiy voqealarga asoslangan komediyali almanax bo‘ladi.

Jey Jey Abrams esa xonanda Sara Barellis ishtirokida dramatik serial tayyorlaydi.

AQShda o‘ta mashhur bo‘lgan tok-shou boshlovchisi Opra Uinfri ham yangi servisda Apple bilan hamkorlik qiladi. Ayni damda u ikkita hujjatli film ustida ishlayapti: ulardan biri ayollarning jinsiy jihatdan jabrlanishi haqida bo‘lsa, ikkinchisi – ruhiy kasalligi bor insonlar to‘g‘risida.

Apple TV+ kontentiga kiruvchi eksklyuziv film va seriallarni faqat iPhone, iPad, Apple TV, shuningdek, Mac kompyuterlari va noutbuklarida tomosha qilish mumkin bo‘ladi. Mazkur servis shu yilning kuzida yuzdan oshiq mamlakat hududida ishga tushadi. Unga obuna narxi ham o‘shanda ma’lum qilinadi.

O‘QING: Apple yangilangan iMac hamda iMac Pro kompyuterlarini ham taqdim qildi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!