Qarshi oling: Cyberphone – elektromobil bilan iPhone chatishmasi! (+video)

  •   DiMaX
  •  1378
  •  30.01.2020 12:36

Qarshi oling: Cyberphone – elektromobil bilan iPhone chatishmasi! (+video)

Rossiyaning Caviar kompaniyasi ilg‘or texnologik mahsulotlarning lyuks variantlarini tayyorlagani haqida bir necha xabarlar e’lon qilganmiz. Jumladan, ushbu brend Apple korporatsiyasining ayrim smartfonlari, quloqchinlari va boshqa gadjetlarini oltindan ishlab chiqargan. Shulardan yagona nusxada chiqqan bittasi esa O‘zbekistondadir:

O‘QING: Qoraqalpog‘istonlik onaxonga o‘g‘li oltin iPhone X hadya etdi (+video)

Caviar yana bir antiqa ishga qo‘l urdi – iPhone 11 Pro bilan avtomobilning chatishmasini yaratdi. O‘ziyam uncha-muncha mashina emas, balki Tesla kompaniyasi yaqinda taqdim etgan, ikki kundayoq 146 mingdan oshiq buyurtma olgan elektropikap – Cybertruck modeli. Shu tariqa, rossiyalik lyuks kompaniyaning yangi mahsuloti Cyberphone nomini oldi.

Hozircha yagona nusxasini faqat Tesla rahbari Ilon Mask (Elon Musk) minib yurgan Tesla Cybertruck futuristik dizaynidan tashqari o‘q o‘tmasligi bilan ham mashhur. Uning g‘ayrioddiy qiyofasidan ilhomlangan Caviar mutaxassislari shu dizaynda o‘ziga xos iPhone yaratishga kirishishdi. Lekin bu gal ular shunchaki smartfonning orqa paneliyu atrofiga qimmatbaho qoplamalar o‘rnatish bilan cheklanishmagan. Cyberphone ekranini qoplab turuvchi himoya qopqog‘iga ham ega bo‘lib, uning o‘zi taglik vazifasini ham bajaradi.

Xabarga ko‘ra, Cyberphone korpusi butunlay titandan ishlanadi. Cybertruck uslubidagi o‘ziga xos smartfonlarni kompaniya iPhone 11 Pro hamda iPhone 11 Pro Max asosida yasaydi. Caviar ularni jami 99 nusxada ishlab chiqaradi; narxi aytilmagan bo‘lsa-da, ancha qimmat turishi aniq.

O‘QING: 2 000 dollarlik iPhone qimmat, deysizmi? 71 520 dollarligi chiqdi! (+video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!