Qarshi oling: Huawei o‘zining eng qimmat mahsulotini taqdim etyapti

  •   DiMaX
  •  1224
  •  07.04.2020 15:48

Qarshi oling: Huawei o‘zining eng qimmat mahsulotini taqdim etyapti

Huawei rahbariyatining rasman ma’lum qilishicha, ertaga – 8 aprel kuni kompaniya yangi devaysini namoyish qiladi. U xitoylik texnogigantning qimmat maishiy qurilmasi bo‘ladi.

O‘QING: Dunyodagi eng qimmat 10 smartfon

Bu ma’lumotni Huawei Consumer Business Group ijrochi direktori Yuy Chendun (Yu ChengDong) hamda vitse-prezident Jixao Jerri (Zhihao-Jerry) tasdiqlagan. Korporatsiya vitse-prezidentining qo‘shimcha qilishicha, yangi mahsulot kompaniya uchun ahamiyatiga ko‘ra smartfonlardan keyingi ikkinchi o‘rinda turadi.

Huawei taqdimotga o‘ta jiddiy yondashmoqda, ammo uning aynan nima ekanligini hali-hanuz aytmayapti. Taxminlarga ko‘ra, bu smart-televizorlarning yangi flagman turkumi bo‘ladi. Bundan bir necha kun avval Huawei Smart Screen X65 rusumli «aqlli» televizor haqida ma’lumotlar tarqalgan.

Mish-mishlarga ishonadigan bo‘lsak, mazkur devays korpusning ichidan chiquvchi 24 megapiksellik old kameraga ega. U imo-ishoralar bilan ham boshqariladi, yana 14 ta dinamikdan iborat kuchli akustik tizimi mavjud.

Bu boradagi yangiliklarni Terabayt.Uz bilan kuzatishda davom eting.

O‘QING: Huawei uchta arzon 5G-flagman tayyorladi – taqdimot kuni va narxlari

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.