Qarshi oling: iPhone X’dagi Face ID’dan o‘n karra aniq texnologiyani Vivo yaratdi! (+video)

  •   DiMaX
  •  1202
  •  28.06.2018 15:01

Qarshi oling: iPhone X’dagi Face ID’dan o‘n karra aniq texnologiyani Vivo yaratdi! (+video)

Foydalanuvchining yuzini skanerlash orqali uning shaxsini tasdiqlash, shu asosda qurilmani qulfdan chiqarish va yana ayrim funksiyalarni amalga oshirish bo‘yicha ayni damda Apple yetakchi. Uning iPhone X superflagmanidagi Face ID tizimi qiyofani tanish bo‘yicha dunyoda tengsiz.

O‘QING: Uch kamerali – flagman hamda arzon, ammo Face ID tizimli iPhone’larning ilk suratlari chiqdi

Lekin keyingi yillarda turli innovatsiyalar bilan dunyoni lol qoldirayotgan Vivo kompaniyasi foydalanuvchi qiyofasini tanish bo‘yicha undan ham zo‘r texnologiya yaratdi. Kuni kecha, Shanxaydagi Butunjahon mobil kongress davosida bu ishlab chiqaruvchi yuzni uch o‘lchamli tarzda skanerlovchi yangi – TOF 3D texnologiyasini namoyish etdi.

TOF 3D texnologiyasi asosida donador yorug‘lik usuli yotadi – uni hozirda OPPO va boshqa yirik kompaniyalar sinab ko‘rishmoqda. Vivo bunda donador nur datchigini qo‘llayapti; u foydalanuvchi qiyofasining 3D-modelini hosil qilish uchun 300 000 ta ko‘zga ko‘rinmas nurni yuboradi. Taqqoslash uchun aytib o‘tish kerakki, Face ID texnologiyasida Apple atigi 30 000 ta shunaqa nuqtadan foydalanadi. Ya’ni, xitoylik kompaniyaning yangi texnologiyasi odam yuzining uch o‘lchamli modelini iPhone X’dagiga qaraganda naq o‘n karra aniqroq yarata oladi. Bundan tashqari, u to uch metrgacha masofadan ham ishlay biladi!

O‘QING: O‘n yashar bola iPhone X himoyasini buza oldi!

«Uch o‘lchamli skanerlovchi TOF 3D texnologiyasini sun’iy idrok bilan birlashtirib, biz eng yaxshi kelajak uchun yangi imkoniyatlarni tadqiq qilishda davom etamiz», deydi Vivo katta ijrochi direktori Aleks Fen.

Mana, yangi datchikning uch o‘lchamli modelni yaratishiga bag‘ishlab tayyorlangan lavhani tomosha qilamiz:

Vivo’ning yangi ishlanmasi nafaqat smartfonni qulfdan chiqarish uchun egasining yuzini tanish maqsadida, balki qurilmani havodagi imo-ishoralar yordamida boshqarish, hatto atrofdagi jismlarni skanerlash uchun ham qo‘llanishi mumkin. Masalan, ishlash masofasining uzunligi evaziga, bunday skaner yordamida xonaning virtual nusxasini yaratish imkoniyati bo‘ladi.

TOF 3D texnologiyasining tijorat maqsadidagi qurilmalarga qachon tatbiq etila boshlashi haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

O‘QING: Android uchun «dunyodagi eng zo‘r» yuzni tanish tizimi Rossiyada yaratildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!