Qarshi oling: shov-shuvli Samsung Galaxy A80 smartfoni (+rasm va video)!

Qarshi oling: shov-shuvli Samsung Galaxy A80 smartfoni (+rasm va video)!

Mana, yana bir Infinity displeyli smartfon bilan tanishish vaqti yetib keldi. Biroq displey Infinity-U, Infinity-O yoki Infinity-V ham emas. Uni qanday nomlashni, keling, o‘zingizning ixtiyoringizga topshirsak-da, Samsung'ning yangi Galaxy'si to‘liq tavsifiga kirishsak.

Samsung Galaxy A80'ning old tomoni ekran bilan to‘liq qoplangan. Kompaniyadagilar bunga ham old kamera, ham orqa kamera vazifasini bajaruvchi korpusdan chiquvchi aylanuvchi kamera mexanizmini yaratish bilan erishdi. Shunga o‘xshash kamera yechimi ilgari ham yaratilgandi, biroq u A80'dagi kabi emasdi.
Shoshmang, A80'ning maqtarli jihatlari shu bilan tugamaydi. Odatiy ikkita — keng va o‘ta keng — kameraga qo‘shimcha ravishda yangi devays o‘zining sath xaritasini yaratishga xizmat qiluvchi uchinchi parvoz vaqti (ingl.time-of-flight — ToF) kamerasi bilan smartfonlarning raqobatga to‘la olamida revolyusiya yasadi. Bu bilan selfi olganda nafaqat asosiy kameraning sifatli mahsulotiga, balki takomillashtirilgan xaritalangan sathga ham ega bo‘lasiz. Rasmlar u yoqda tursin, buni jonli fokus videolariga ham qo‘sha olasiz.
Deyarli hammaga qurilmaning odatdagidan balandroq 20:9 nisbatdagi FullHD+ rezolyusiyali 6,7 dyuym kattalikdagi SuperAMOLED displeyi ma’qul kelsa kerak. 800 cyeriyasidan keyingi o‘rinda turuvchi Qualcomm'ning eng yangi Snapdragon 730 chipi ham samaradorligi va kuchi bilan o‘zini yaxshi "ko‘rsatishi" kutilmoqda.
Lekin qahramonimizning ta’bni xira qiluvchi tomonlari ham yo‘q emas, afsuski. 3,700 mA/soat sig‘imli akkumulyator kameraning yangi pozitsiyaga ko‘chishi qurboni bo‘ldi. Bu, o‘zingiz ham yaxshi bilganingizdek, hozirgi o‘rta kattalikdagi ekranli smartfonlardagi sig‘imdan ham kamroq. To‘g‘ri, A80'da 25WUSB quvvat ulashish texnologiyasi mavjud, biroq bu baribir qurilma ichiga o‘rnatilgan katta sig‘imli akkumulyator o‘rnini bosa olmaydi. Nima qilsa ham, keling, Samsung'dagilarni tushunishga harakat qilaylik. Axir, shu akkumulyator bilan ham A80 220 gramm tosh bosadi.
A80 ichida rostdan joy tanqis bo‘lgan ko‘rinadi: audio jek va microSD karta uyasidan ham voz kechilgan. Afsus.

Quyidagi jadvaldan A80'da nimalar bor, nimalar yo‘qligini bilib olishingiz mumkin:

Samsung Galaxy A80 texnik ma’lumotlari:

  • Korpus: 165.2x76.5x9.3mm, 220g; Gorilla Glass 6 orqa panel, alyuminiy rom; Angel Gold, Ghost White, Phantom Black ranglar gammasi
  • Ekran: 6.7" SuperAMOLED, 1080x2400px rezolyusiya, 393 piksel/dyuym, Gorilla Glass 3
  • Protsessor: Snapdragon 730 chipi: sakkiz yadro (2x2.2 Ghz Kryo 470 Gold & 6x1.8 GHz Kryo 470 Silver); Adreno 618 grafik protsessori
  • Xotira: 8GB tezkor, 128GB doimiy xotira; microSD karta uyasi mavjud emas
  • OT: Android 9 Pie; Samsung One UI
  • Kamera: Korpusdan chiquvchi kameralar jamlanmasi. Asosiy kamera: 48MP, 1/2.0" Sony IMX586 Quad Bayer sensori, f/2.0 apertura, 80 daraja ko‘rish maydoni (26 millimetrga teng fokus uzunligi), lazer/PDAF. Ikkinchi kamera: 8MP, f/2.2 apertura, 123 daraja ko‘rish maydoni (11mm fokus uzunligiga teng), o‘zgarmas fokus. Uchinchi kamera: parvoz vaqti 3D sath kamerasi. LED chiroq
  • Akkumulyator: 3,700mA/soat; 25W tezkor quvvatlash
  • Aloqa turlari: Dual-SIM LTE Cat.11 (60Mbit/s, 75Mbit/s) Wi-Fi a/b/c/g/n/ac, GPS; Bluetooth 5.0, A2DP, LLE, USB-C 2.0
  • Narxi: 5 101 000 so‘m (sotib olish)
  • Boshqa: ekranosti barmoq izi skaneri, dinamik karnay mavjud; audio jek mavjud emas

Qadog‘i

Qurilmani sotib olganingizda, qutida xuddi Galaxy A70'dagi kabi 5V/3A va 9V/2.77A nominaliga ega 25 vattli quvvatlovchi adapter bo‘ladi. Adapter USB Quvvat ulashish texnologiyasiga mos bo‘lib, unga C-to-C kabeli sherik qilingan.
Audio jek yo‘qligi o‘rnini bosish uchun kompaniya bir juft USB-C "earbuds" ham taqdim qiladi. Ba’zi to‘plamlarda himoya g‘ilofi ham bo‘ladi. Xarid jarayonida to‘plam ichiga g‘ilof kiritilgan yoki kiritilmaganini sotuvchidan so‘rab aniq bilib olishingizni maslahat beramiz.

Dizayni

Smartfonni qo‘lingizga olishingiz bilan Galaxy A80'ning eng o‘ziga xos jihati — displeyi e’tiboringizni tortadi. O‘ta kalta romlar, kamera uchun tirqishlarning yo‘qligi. Devaysning 6,7 dyuymli SuperAMOLED bu ekrani, bizningcha, haqiqiy Infinity ("Infinity" so‘zi inglizchada, aslida, "cheksizlik" ma’nosini berishidan xabardorsiz) ekran qanaqa bo‘lishini boshqalarga ko‘rsatib berdi.
Agar shtangensirkulingiz bo‘lsa, uni A80'ning yuqorigi qismiga qo‘yib ko‘ring. Shunda, bu qism butun old paneldan biroz qalinroq ekanligini sezishingiz mumkin. Lekin, aslida, bir qarashda buni eng ko‘zi o‘tkirlar ham payqamasa kerak. Bu yerda ilgari hech bo‘lmagan ko‘rinishdagi karnay bor.
Samsung bundan katta foyda ko‘rmasa-da, displeyni tebratuvchi p’yezo yechimidan foydalangan ko‘rinadi. Ushbu yechim ancha samarali ishlaydi; qo‘ng‘iroq davomida suhbatdoshinigiz ovozini odatdagidek eshita olasiz.
Odatda, mana shu atrofda yorug‘lik sensori, yaqinlik sensori va LED chirog‘i kabi boshqa datchiklar o‘rnatilgan bo‘ladi. Bulardan birinchisi displeyning ostiga, eng yuqori qismdan 3 sm quyiga joylangan. Yorug‘lik datchigi esa tepa qismning ostida, chap tomonda, 2 sm ichkariga mustahkamlangan.
Yaqinlik sensoriga to‘xtalsak, devays bu borada tachskringa bo‘lgan chertishlarga tayanish bilan chegaralanganga o‘xshaydi. Insayderlar ekranning hamma qismiga qog‘oz parchasi qo‘yib koprib ham datchik qayerda ekanligini anqilay olishmagani haqida yozishyapti.
LED chiroq-chi? Yoritgichdan butunlay voz kechishgan.
A80 da mavjud bo‘lmagan texnik jihatlar haqida gap ochgan ekanmiz, audio jek ham yo‘qligini ta’kidlab o‘tish shu nuqtada o‘rinli bo‘lsa kerak. Simli quloqchinlardan foydalanmoqchi bo‘lsangiz, USB-C port uchun adapterdan foydalanishingiz talab qilinadi.
Xotira borasida ham 128GBlik ichki xotira bilan chegaralanishingizga to‘g‘ri keladi. Odatdagi SIM va microSD kartalar uyasiga A80'da faqat bir juft SIM karta joylanadi. microSD karta uchun joy yo‘q. Attang.
Boshqa tomondan olib qaraganda, ba’zi jihatlarning bo‘lmasligi ijobiy holat bo‘lishi ham mumkin ekan. Ochiqroq gapirsak, A80'dan Bixby tugmasi olib tashlangan. Yangi qurilma uchun kompaniya Samsung'ning klassik boshqarish sxemasiga qayta murojaat qilgan. Quvvat tugmasi o‘ng tomonga, ovoz balandligi tugmachalari chapga o‘rnatilgan. Ularning ayni joylashuvi ham kutilgan nuqtada, ishlatishga qulay. Bu borada shikoyatga o‘rin yo‘q.
«Ko‘p narsadan voz kechishibdi, selfi kamera ham ko‘zga ko‘rinmayapti. Nima, A80 bilan selfi olib bo‘lmaydimi?» dersiz. Shoshmang. Bunday bo‘lishi mumkin emas, albatta. Mana shu yerda ko‘rpusdan chiquvchi "pop-up" kamera mexanizmi sahnaga chiqadi.
Qurilma ichiga o‘rnatilgan kichik motor smartfon orqa qismidagi kamera platformasini yuqoriga harakatlantiradi va kameralar jamlanmasi 180 darajaga aylanadi. Shunday qilib, selfilar ham orqa kamerada olinib, yuqori sifatli tasvir hosil bo‘ladi.
Ayni damda juda kam smartfonlarda bunday xususiyat mavjud. O‘tgan oy taqdim qilingan Asus Zenfone 6 aylanuvchi "pop-up" kamerasi bilan bizni lol qoldirgandi. Ammo Asus'ning bu flagmanidan farqli, A80 180° li avtomatik panoramalar olishga qodir emas. Galaxy kamerasi o‘rtadagi nuqtada ishlay olmaydi. Kamera platformasi yoki orqa tomonga, yoki old tomonga bo‘lgandagina tasvirga olish mumkin.
Platformani qo‘lingiz bilan tortib chiqarmoqchi bo‘lsangiz, yana avvalgi holatiga qaytadi. Lekin buni o‘zingiz uchun sinab ko‘rishni, albatta, maslahat bermaymiz.
Orqa panel chizilishlar va sinishdan himoyalanib, so‘nggi avlod Gorilla Glass 6 bilan qoplangan. Displey esa chizilishlarga eng chidamli Gorilla Glass 3 shishasi bilan qoplangan. Galaxy A80'da suv va changga chidamlilikning IP darajasi mavjud emas.
165.2x76.5x9.3 mm hajmli qurilma 220 gramm vaznga ega va bunday og‘irlik bilan hozirda mavjud eng og‘ir smartfonlardandir.
20:9 nisbati va korpusdan ajraluvchi kamerasi sababli ham A80'ning tepa qismi biroz og‘irroqdek tuyuladi. Umuman olganda, yangi Galaxy ikki qo‘l bilan ishlatiladigan devays qilib yaratilgan, degan bo‘lar edik.
O‘QING: Samsung haqida siz bilgan va bilmagan faktlar!

Laboratoriya sinovlari: displey, akkumulyatorning avtonom ishlash vaqti, karnay

Tirqishlarsiz katta AMOLED ekrani bor, biroq kamchiligi nimada?
Galaxy A80'ning ekrani 6,7 dyuymli SuperAMOLED displey bo‘lib, haqiqiy Infinity ekranning yorqin namunasidir. Unda hech qanday tirqishlar mavjud emas. Ekranning 20:9 nisbatli 1080x2400px rezolyusiyasi 393 piksel/dyuym zichlikka erishish imkonini bergan.
Ekran yorug‘ligi qo‘lda (ya’ni avtomat ravishda emas) nazorat qilinganda maksimal yorug‘lik 405 nitga teng bo‘lsa, avtomatik ravishda nazorat qilinganda esa ko‘rsatkich 607 nitgacha yetadi; bu sog‘lik uchun zararli emas. Bunday ko‘rsatkich nisbati sifatli OLED ekranlar uchun deyarli odatiy natija bo‘lib, A80'da olingan yuqoridagi natija A70 ko‘rsatkichi bilan deyarli bir xildir.
Minimal yorug‘lik esa 1.9 nitga teng (A70'da ham shunday) bo‘lib bu ham tungi vaqtda qurilmadan foydalanish uchun ayni mos darajada yorug‘.
Smarfonni ilk marotaba yoqqaningizda unda kompaniya o‘rnatgan delteE'si o‘rtacha 4.4 ga teng bo‘lgan "Vivid" rang rejimi yoqilganini ko‘rasiz. DCI-P3 rang maydoni bo‘ylab ranglar namunasi taqqoslanganda esa delteE maksimal 9.7 ga teng bo‘ladi. Bu taqsinga sazovor natija emas. Oq va kulrang ranglar ham to‘g‘ri, ammo ularning deltaE qiymati 3 atrofida xolos.
Shuningdek, sRGB ranglar maydoniga sozlangan Neytral rejim ham mavjud bo‘lib, bu rejim ranglarni o‘ta katta aniqlikda ko‘rsatadi.

Akkumulyator avtonomligi

Galaxy A80'ga, umuman olganda, kichik hajmda bo‘lmagan, ammo o‘rnatilgan katta ekranga nisbatan kichik 3,700 mA/soat sig‘imga ega litiy ionli akkumulyator joylangan. Taqqoslash uchun, A70'ning akkumulyatori 4,500 mA/soat sig‘imga ega.
Insayderlar o‘tkazgan testlar natijalari xursand qiladigan darajada emas. 3G internetdan foydalanganda akkumulyator quvvati qanchaga yetishi tekshirilganda Galaxy'lar anchadan beri ko‘rsatmagan past natija olingan: 9 soat 7 daqiqa. Buni boshqalar bilan qiyoslab ko‘raylik. To‘liq quvvat bilan OnePlus 7 Pro'da 10 soat 10 daqiqa, Galaxy A70'da 13 soat 24 daq., Asus Zenfone 6'da 15 s. 42 daq. internetdan foydalana olasiz. Video bilan testdan esa biroz yaxshiroq natija olindi: 14:39 soat. Vaholanki, shunda ham yuqoridagi qurilmalar o‘zini bundan yaxshiroq "ko‘rsatdi": 60 gerts (Hz) rejimda A70 quvvati 17 soat, Zenfone 6 16 soat, OnePlus 7 Pro 16:17 soat.
Shunday qilib, A80'ning to‘liq quvvati bilan smartfondan 25 soat foydalana olasiz; yuqoridagi devayslar bilan esa bundan 10-12 soat ko‘proq. Xulosa qilib aytganda, Galaxy A80 akkumulyatorining avtonomligi 80 soatlik natija qayd etdi. Bu yomon emas, lekin a’lo ham emas.
A70 yarim soat ichida 42% quvvatlanishidan kelib chiqib aytish mumkinki, akkumulyator sig‘imi A70'dan kam bo‘lgani uchun A80 xuddi shuncha vaqtda 50% quvvatlanishi kerak.

Karnay

Galaxy A80'ning quyi qismida yakka karnay joylashgan bo‘lib, odatiy quloqchinlarsiz stereo ovozni eshitishning iloji yo‘q. Karnay yuqori balandlikda ovoz hosil qila oladi. Mutaxassislar unga "Juda yaxshi" deya baho berishdi. Karnaydan shikoyat yo‘q — yuqori balandlikdagi musiqa qo‘yilganda ham hech qanday muammo yuzaga kelmaydi, bass ham yetarli darajada.

Foydalanuvchi interfeysi, ishlashi

Barcha Samsung'lar uchun OneUI
Galaxy A80 Android 9.0 Pie OS yuazasidagi Samsung'ning odatiy OneUI interfeysida ishlaydi. OneUI interfeysi ilk marotaba bahorda S10'da debyut qilinib, yangi ikonkalar, bir qo‘lli foydalanishning takomillashtirilgani, ekran imo-ishoralari va h.k. lar bilan o‘ziga xosdir. Hozir barcha Samsung smartfonlari cyeriyalarida OneUI'dan foydalanilmoqda. A80 interfeysi ham, shuning uchun, ko‘p jihatdan S10'nikiga o‘xshaydi.
Always On displeyga to‘xtalsak. Yangi qurilma sozlamalarida displey doim yoniq turishi uchun ekranga ikki marta chertish funksiyasi qo‘shilgan, shuningdek, ekranda asosiy ma’lumotlar, avvalgidek, jadvalga ko‘ra ko‘rinib turishini sozlab qo‘yishingiz ham mumkin. Va, albatta, displey har doim yoniq turishini ham tanlashingiz mumkin.
A80'da biometrik xavfszilik funksiyalaridan faqat ekranosti barmoq izi skaneri mavjud. "Face Unlock" mavjud emas; pop-up kamera mexanizmi sekin ishlagani bois, agar mavjud bo‘lgan taqdirda ham, bunday sekin qulfdan chiqarish usulidan foydalanishni xohlamagan bo‘lardingiz. Barmoq izi skaneri, S lineykasi flagmanlaridagi kabi ultratovushli emas, optik skanerdir. Bu skaner, masalan, OnePlus'ning optik modullari kabi tez emas. Lekin, asosiysi, yo‘qdan ko‘ra bor. Modul doim yoniq bo‘lgani bois qurilmani blokdan chiqarish uchun ekranni yoqish shart emas.
Samsung, shuningdek, interfeys elementlari rangini qora yoki to‘q kulrangga o‘zgartiruvchi Tungi rejimni ham taqdim qilgan. Rejim parametrlar oynasi, bildirishnomlar paneli, Galereya va Samsung Brauzeri kabi ichki ilovalarda ham amal qiladi. Lekin boshqa ilovalar, masalan, Play Store'ni ochishingiz bilan rejim "sehri" yo‘qoladi. Hozirda, Tungi rejim yoqilishi bilan tashqi ilovalar avtomatik ravishda qora fonga o‘tmaydi; bu biroq Google'ning aybi. Butun sistema bo‘ylab qora fonni yoqish opsiyasi Android Q'dan boshlab taqdim qilingunga qadar har bir ilovani (ilova sozlamalarida Tungi rejim funksiyasi bo‘lsa, albatta) alohida sozlashingizga to‘g‘ri keladi.
Foydalanuvchi interfeysidagi boshqa o‘zgarishlarga qo‘shimcha ravishda Parametrlar menyusi ko‘rinishi ham ixchamlashtirilgan. Ba’zi sozlamalar ilgarigidan boshqa ichki menyularga ko‘chirilgan. Masalan, o‘zbek tilida "Qurilma ta’mirlanishi" deb nomlangan Device Care/Obslujivaniye ustroystva ichki menyusida akkumulyator ma’lumoti va sozlamalari, doimiy va ichki xotira boshqaruvi bilan birga xavfsizlik funksiyalari joylashgan.

Sintetik testlar

Galaxy A80'ga Qualcomm yaratgan o‘rta toifaning yuqori sinfiga mansub Snapdragon 730 chipi o‘rnatilgan. Ta’kidlash joizki, bu chipset ayni damda 800 cyeriyasi chiplaridan keyingi eng kuchlisidir. Chip (2x2.2 Ghz Kryo 470 Gold & 6x1.8 GHz Kryo 470 Silver'lardan iborat) sakkiz yadroli CPU va Adreno 618 GPU'sidan tuzilgan.
Bir jihatga e’tibor bering: A80 narxi qurilmaning o‘ziga nisbatan qimmat. Samsung'dagilar so‘rayotgan narxga yuqori toifa Snapdragon 855 chipli smartfonlar yoki Huawei Kirin 980 protsessori o‘rnatilgan ko‘plab qurilmalarini sotib olish mumkin.
CPU'ni sinovdan o‘tkazuvchi GeekBench testida Galaxy A80 — ham yakka yadroli, ham bir necha yadroli testda — Snapdragon 675'li devayslardan biroz ustun keldi. s710'lar ham biroz ortda qoldi, o‘tgan yildan oldingi S660 modellar ham A80 oldida "ip esholmadi". Lekin baribir S855 va Kirin 980 CPU'si o‘rnatilgan smartfonlarning kuchliroq ekanligini tan olmasdan iloj yo‘q.
Grafik sinovlarda ham ayni natija namoyish etildi. Galaxy A80 hozirda mavjud eng kuchli o‘rta toifadagi devays, GPU soniyasiga ishlaydigan kadrlar soni flagman bo‘lmagan smartfonkarnikidan ko‘ra ko‘proqdir. Biroq muammo shundaki, yuqori toifa chipiga ega samrtfonlarni A80 uchun so‘ralayotgan narx atrofida, hatto, undan arzoniga ham sotib olish mumkin.
Endi AnTuTu'ni sahna markaziga taklif qilamiz. Bunda ham A80 flagman bo‘lmagan smartfonlar orasida "oltin medal sohibi bo‘ldi".
Maslahatimiz, agar pulingizni to‘g‘ri sarflamoqchi bo‘lsangiz, A80'dan bosh torting. Yana ta’kidlaymiz, A80'ning narxiga flagman xarid qilish mumkin.

Kamera

Tasvir sathi uchun qo‘shimcha ToF modulga ega ikki kamerali aylanuvchi platforma Galaxy A80'ning aylanuvchi kamera platformasida uchta datchik joylashgan. Asosiy ob’yektiv sifatida Sony'ning hozirda eng ommabop 48 megapikselli IMX586 Quad Bayer sensori tanlangan. Ikkinchi kamera esa o‘ta keng burchakli 8 megapikselli datchikdir.
Sony'ning sensoriga f/2.0 aperturali o‘zgaruvchan fokusli datchik "sherik qilingan". Bunda ko‘rish maydoni 80 daraja bo‘ladi, bu 26 millimetrga teng. O‘ta keng ikkinchi kamera o‘rtacha rezolyusiyaga ega. Modul 123 daraja ko‘rish maydoniga ega, boshqacha qilib aytganda, 12 mm fokus uzunligiga ega. Aperturasi f/2.2. Birinchisidan farqli, ikkinchi ob’yektiv o‘zgarmas fokusga ega. Va nihoyat uchinchisi parvoz vaqti (time-of-flight— ToF) modulidir. Kompaniya uni 3D sath kamerasi, deb atamoqda. Sensor quyidagicha ishlaydi. Datchik lazer to‘lqini tarqatib, uning yana qaytishiga ketgan vaqtni o‘lchaydi. Shu bilan yuzaning sath xaritasini yaratadi. Bu bilan sun’iy boke effekti uchun tasvir ob’yekti va orqa fonini yanada aniqroq aniqlash imkoni yaratiladi. Moduldan nafaqat rasmlar olishda, balki Jonli fokus rejimidagi videolar hosil qilishda foydalanish mumkin. A80'ning orqa kamerasi selfi kamera vazifasini ham bajarishi Jonli fokus selfi videolari olishingiz ham mumkin, deganidir. Kamera platformasi A cyeriyasidagi devayslar uchun umumiy interfeysga ega bo‘lgan Samsung kamera ilovasi orqali boshqariladi. Odatdagidek, bir rejimdan boshqasiga yon tomon bo‘ylab chertish orqali o‘tiladi. Ta’bingizga ko‘ra, kamera sozlamaridan rejimlarning bir-birga nisbatan joylashuvini o‘zgartirishingiz yoki foydalanamaydiganlaringizni qatordan olib tashlashingiz ham mumkin, albatta. Kamera platformasini aylantirish uchun vertikal chertish yoki ekrandagi ikonkaga bosish kifoya. Yaqinda taqdim qilingan Asus Zenfone 6 flagmanidan farqli, A80'da platforma harakatlanayotganda tasvirga olish imkonsizdir. Zenfone 6'da esa bu qulaylik mavjud bo‘lib, vertikaliga 180 darajadagi panoramalar hosil qilish mumkin. Oynaning yuqori qismida sozlamalar, tasvir hajmi nisbati, chiroq, filterlar banki va taymer ikonkalari qatorlangan. Sozlamalar bo‘limidan odatiy: HDR parametrlari (Avto./yoniq/o‘chiq), to‘r chiziqlari, rasmga olish usullari va video/rasm o‘lchami kabilarni topasiz. S cyeriyasiga yaqinda o‘rnatilgan Tungi rejimdan ham foydalanishingiz mumkin. Pro rejimi ham bor, ammo boshqa flagman bo‘lmagan lineykadagi boshqa qurilmalar qatori A80'da ham ushbu rejimning ko‘p opsiyalari mavjud emas. Faqatgina ISO (100-800 diapozonda), ekspozitsiya kompensatisyasi (0.1EV qadamda -2/+2EV) va oq balans (faqat predustanovkalar; yorug‘lik harorati mavjud emas). Bundan tashqari, fokusni qo‘lda sozlash opsiyasi ham qo‘shilmagan.

Tasvir sifati

Kunduz kuni paytida Galaxy A80 bilan olingan rasmlar ko‘zni quvnatadigan, yaxshi kontrastli va yorqin rangli bo‘lib chiqadi. Olingan tasvir 12 megapikselli modul uchun yetarlicha ko‘p detalga ega. Tasvirdagi xiralik esa o‘ta e’tibor bilan qaralgandagina seziladi. Umuman olganda, bu borada (ya’ni tasvir xiraligi bo‘yicha) muammo yo‘q.
48 megapikselli Quad Bayer kamerasi o‘rnatilgan boshqa qurilmalar kabi Galaxy A80 foydalanuvchiga eng yuqori rezolyutisyada tasvirga olish imkonini beradi. Aslida esa, ob’yektiv kuchi bunday kattalikda yaqinlashtirilgan tasvirni juda sifatsiz oladi. Masalan, barglarni 48 MP yaqinlikda tasvirga tushirsangiz, olingan rasm xiraligidan ob’yekt nima ekanligini tushunish qiyin bo‘ladi.
8 megapikselli ikkinchi ultra keng burchakli kamera ham o‘ta sodda modullardan. Tasvir o‘tkirligi yuqori emas, dinamik diapozon ham ancha chegaralangan.
Past yorug‘likda ham A80 qoniqarli rasmga oladi, lekin eng sifatli tasvirga ega bo‘lish uchun boshqa smartfonni tanlagan bo‘lardik. Bunda rasmlar o‘ta aniq chiqmaydi, agar bizga qolganda ularni yanada ko‘proq ekspozitsiya qilgan bo‘lardik.
Manzara optimizatsiyasi ham o‘z ishini yaxshi bajarmaydi. Bu rejim bilan biror narsa o‘zgarganini sezish qiyin.
Ammo Tungi rejim ishini alqash mumkin.
Ultra keng burchakli kamera past yorug‘likda juda yomon ishlaydi. Bunga hayratlanmasa ham bo‘ladi. Olingan rasmlar aniq emas, ranglar bir-biriga qorishib ketgan. Ekpozitsiya ham yetarli emas. Bu modul uchun Tungi rejimni yoqish imkoni yo‘q.

Video yozish

Galaxy A80 asosiy kamerasi bilan 2160 piksel kattalikdagi soniyasiga 30 kadr (fps) tezlikdagi, ikkinchi ultra keng burchakli kamera bilan esa 1080p 30fps tezlikdagi videolarni yozib olish mumkin. H.264 va H.265 kodeklardan birini tanlashingiz mumkin. 4K videolar 48 Mbit/s (60 Mbit/s tezlikda) bitreytga ega bo‘lsa, 1080p lar 19 Mbit/s (30 kadr/s tezlikda) bitreytda yoziladi. Ovoz esa 256 kbit/s tezlikda stereo formatda yoziladi.


1080p/30fps format uchun doimiy ishlovchi elektronik stabilizatsiya mavjud, ammo 4K videolar stabilizatsiyalanmaydi.

O‘QING: Kutib oling: Huawei P Smart Z!

Raqiblar

Ayni damda ekranosti kameralarini qarshi olish arafasida turibmiz. Bunday yechimlar smartfonlarning butunlay romsiz bo‘lishiga hissa qo‘shib, tirqishlarga ham nuqta qo‘yishi mumkin. Lekin bunday kamerali smartfonlar ommalashishi bilan A80 kabi o‘ziga xos harakatlanuvchi ob’yektivli devayslarga alvido deyishimizga to‘g‘ri keladi.

Asus Zenfone 6

 

Aylanuvchi kameralar haqida gap ketar ekan, shuni ta’kidlash joizki, Asus'ning Zenfone 6'si Samsung'ning Galaxy A80'ini yer tishlatadi. Zenfone 6 bilan avtomatik panoramalar olishingiz, kamerani istalgan burchakka sozlab tasvir hosil qilishingiz mumkin. Bundan tashqari, Asus'ning gadejtida video tasvirlar 4K/60fps rezolyusiyagacha stabilizatsiyalanadi, A80'da esa bunday funksiyaning o‘zi yo‘q. Bunga sabab Zenfone 6'ga kuchliroq chip o‘rnatilganidir. Bu yana unda o‘yinlar o‘ynash A80'dagidan ko‘ra "silliqroq" kechadi, deganidir. Tayvanliklar smartfonlarida microSD uyasi va audio jekdan ham voz kechmagan. Bu smartfon quvvati ham A80'nikidan uzoqqa yetadi. Narxi esa arzonroq. Samsung telefonining Asus Zenfone 6'dan yagona ustunligi uning displeyidir.

OnePlus 7 Pro

 

A80 OnePlus 7 Pro'ga qarshi kurashda ham ancha qiynaladi. Lekin tan olish kerak, OnePlus qahramonimizdan biroz qimmatroq: 12 foiz qimmatroq narxga kattaroq rezolyusiyali ekran, trio-kamera (Galaxy'da yo‘q bo‘lgan telefoto kamera ham), kuchliroq Snapdragon 855 chipi, yaxshiroq akkumulyator avtonomligiga ega smartfonga ega bo‘lasiz. Yoki Pro bo‘lmagan OnePlus 7 sotib olsangiz ham, har holda uning chipi A80'nikidan kuchliroq bo‘ladi.

Xiaomi Mi 9

 

Yuqoridagi Snapdragon 855 chipi Xiaomi Mi 9'da ham bor. Bu qurilmaning ham narxi Samsung so‘rayotgan narxdan arzonroqdir. Bu arzon narxli qurilmasiga Xiaomi nafaqat S855 chipini, balki telefoto kamerasini ham o‘rnatgan. Bundan tashqari Mi 9 A80'dan yaxshiroq ishlaydi, akkumulyatori ham uzoqroq muddatga chidash beradi (sig‘imi kichikroq bo‘lsa ham!). Vazni yengilroq ekanligini ham unutmaslik kerak. Xitoyliklarning telefoni hajmi ham ishlatishga qulayroq kattalikda, biroq har kimning didi har xil, shu uchun A80'ning ekrani kattaligini qo‘pol deb baholay olmaymiz; shunchaki Mi 9 qo‘lga yaxshiroq "o‘tiradi".

Huawei P30

 

Agar qo‘lga yaxshiroq o‘rnashadigan smartfon qidirayotgan bo‘lsangiz, Huawei P30'ni ham e’tibordan chetda qoldirmang. Bu qurilmada ham telefoto kamerasi, audio jek va kattaroq sig‘imli (3650 mA/soat) akkumulyator o‘rnatilgan. Chipi ham flagman Kirin 980. A80'ning Snapdragon'idan ustunroq.

TOMOShA QILING: Va nihoyat, navbatdagi video tayyor - Teratavsif: Samsung Galaxy A20 o‘z narxiga arziydimi?!

 

Xulosa

8.5балл

Дизайн

Аккумулятор

Процессор

Камера

Нарх

Карнай

Qaerdan sotib olish mumkin?

Terashop.uz UZS 6 475 000.00 Sotib olish

 Afzalligi

  • Чиройли дисплей
  • Ташқарида ҳам ёруғ экран
  • sRGB ранглар аниқлиги
  • Сифатли тасвир олиш имконияти
  • Ўзига хос pop-up камера механизми

 Kamchiligi

  • Аудио жек ва microSD карта уяси мавжуд эмас
  • Аккумулятор сиғими катта эмас
  • 4К видеолар стабилизацияланмайди
  • 1080p видеоларда эса муаммолар бор
Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!