Qarshi oling: Telegram.org sayti ham endi o‘zbek tilida!

  •   DiMaX
  •  1447
  •  14.10.2020 11:18

Qarshi oling: Telegram.org sayti ham endi o‘zbek tilida!

Yurtdoshlarimiz orasida ommalashgan Telegram messenjeriga o‘zbek tili allaqachon qo‘shilgan va uni mukammallashtirishga siz ham hissa qo‘sha olasiz. Endi uning rasmiy sayti – Telegram.org ham o‘zbek tilida taqdim etildi, deb yozadi Telegram Uzbekistan.

O‘QING: Ucell rahbari Vladimir Kravchenkodan o‘zbek tilini o‘rganish, davlat tilida ishlash bo‘yicha master-klass

Telegram.org saytining tilini o‘zbekchaga o‘tkazish juda oson:

  • Sahifaning yuqori o‘ng burchagida, globus belgichasi yonidagi «RU» yoki «EN»ni bosib, ro‘yxatdan «O‘zbek»ni tanlash;
  • To‘g‘ridan-to‘g‘ri telegram.org/?setln=uz havolasi orqali kirish.

Hozirgi kunda o‘zbek tili rasmiy ravishda Telegram.org saytining asosiy sahifasida, shuningdek, SHK/Mac/Linux uchun Telegram hamda macOS uchun Telegram sahifalarida taqdim etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Telegram Blog maqolalari ham o‘zbek tilida chiqa boshlagan edi.

O‘QING: Telegram haqida 13 qiziq savolga aniq javob!