Qarshi oling: Xiaomi rasman Poco brendini e’lon qildi

  •   DiMaX
  •  2409
  •  10.08.2018 10:47

Qarshi oling: Xiaomi rasman Poco brendini e’lon qildi

2018 yili yirik smartfonsozlar beshligiga kirib olgan Xiaomi kompaniyasi jahon bozorini zabt etishga jiddiy intilayotir. Uning shu maqsadda tayyorlagan ilk smartfoni – Pocophone F1 haqidagi ma’lumotlarni, uning «jonli» videolari va suratlarini e’lon qilganmiz.

O‘QING: Xiaomi Pocophone F1 ilk «jonli» videoda: uni qadog‘idan olib, ishlatib ko‘ramiz!

Yangi brend haqida anchadan buyon tarqalib kelayotgan mish-mishlarni, nihoyat, Xiaomi’ning o‘zi rasman tasdiqladi. Ya’ni, korporatsiyaning Hindiston bo‘linmasi yetakchi menejeri Jey Mani bu haqda Twitter-sahifasi orqali ma’lum qildi.

Jey Mani kecha o‘z sahifasida yangi – Poco brendining ushbu tizerini e’lon qilib, unga qo‘shimcha tarzida quyidagilarni yozgan: «Bugun boshqacha kun. Ustida ishlayotganimiz yangi yangi loyiha haqidagi ma’lumotni sizlarga yetkazishdan mamnunman. Bizga omad tilang

Bu shuni anglatadiki, 9 avgustni Poco brendining rasman e’lon qilinish sanasi hisoblash mumkin va ushbu marka ostidagi smartfonlar Hindistonda sotiladi. Tabiiyki, ularga global MIUI proshivkasi o‘rnatilgan bo‘ladi.

O‘QING: AnTuTu’da eng kuchli, ammo arzon flagman – Xiaomi Pocophone F1’ni sinab ko‘rishdi! («jonli» video)

Keyin esa uning tvitini Xiaomi Hindiston bo‘linmasi rasmiy akkaunti – Mi India (@XiaomiIndia) ham retvit qilgan. Shuningdek, Tvitterda @IndiaPOCO hamda @GlobalPocophone akkauntlari ham ochilganligini alohida qayd etib o‘tish o‘rinli. Ularda ham Poco brendi, uning smartfonlari haqidagi yangiliklar va anonslar berib boriladi.

Jahon jamoatchiligi eng arzon kuchli flagman – Pocophone F1 haqida yetarlicha ma’lumot olib bo‘ldi, hatto uni allaqachon sotuvga ham chiqarishgan. Endi faqat bir narsa qoldi – uning rasmiy taqdimoti. Bu boradagi yangiliklarni birga kuzatamiz, bizdan uzoqlashmang.

O‘QING: Xiaomi Pocophone F1 taqdimotidan avval savdoga qo‘yildi – «jonli» suratlar, to‘liq xususiyatlari va narxi bilan tanishing!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!