Qayishqoq ekranli Motorola RAZR V3 fevraldayoq sotuvga chiqadi, narxi ham ma’lum!

  •   DiMaX
  •  3228
  •  17.01.2019 10:21

Qayishqoq ekranli Motorola RAZR V3 fevraldayoq sotuvga chiqadi, narxi ham ma’lum!

Motorola brendining mashhur RAZR nomli «raskladushka» telefoni o‘z davrida afsonaga aylangan edi. Uning qayishqoq ekranli zamonaviy smartfon shaklida qayta taqdim etilishi haqida avval ham xabar berganmiz.

O‘QING: «Qayta tug‘ilgan» Motorola RAZR V3 buklama ekranli bo‘ladi!

Ayni damda Motorola brendiga egalik qilayotgan Lenovo kompaniyasi AQShning Verizon uyali aloqa operatori bilan hamkorlik qilmoqda. Ushbu operator mijozlari yangilangan Motorola RAZR V3 smartfonini shu yilning fevralidanoq sotib olishlari mumkin bo‘ladi, deb yozmoqda Wall Street Journal nashri.

Manbalarning ta’kidlashicha, ushbu smartfon hozircha sinov jarayonida bo‘lib, taqdimot sanasi borasida bir to‘xtamga kelinmagan. Uning namoyishi fevralning oxiridagi MWC 2019 ko‘rgazmasi doirasida bo‘lib o‘tishi ham mumkin. Ammo Motorola RAZR V3 narxi ma’lum – uning taxminan 1500 AQSh dollariga sotilishini aytishmoqda.

O‘QING: Motorola 2016 yildayoq patentlagan buklama smartfon judayam antiqa!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!