Qaysi ayfonlar iOS 14’gacha, aypadlar iPadOS 14’gacha yangilanadi?

  •   DiMaX
  •  2030
  •  27.01.2020 11:59

Qaysi ayfonlar iOS 14’gacha, aypadlar iPadOS 14’gacha yangilanadi?

Apple o‘tgan yilning kuzida iOS 13 operatsion tizimi taqdim etgan, ammo u ko‘plab iPhone’larga yangi muammolar olib kelgan edi. Tizimning bu yilgi – iOS 14 talqini chiqishiga hali to‘qqiz oycha vaqt bo‘lsa-da, kupertinoliklarning ungacha yangilanuvchi gadjetlari ro‘yxati allaqachon ma’lum bo‘ldi.

O‘QING: O‘zbekcha klaviaturali iOS 13 chiqdi: undagi o‘zgarishlar va yangilanuvchi iPhone’lar ro‘yxatlari

Joriy yilning kuzida iOS 14’gacha yangilandigan ayfonlar hamda iPadOS 14’gacha aypadlar ro‘yxatini o‘z manbalariga tayangan holda iphonesoft.ft sayti e’lon qildi. Sizib chiqqan ma’lumotga ko‘ra, o‘tgan yili iOS 13 proshivkasini qabul qilgan iPhone’larning barchasiga operatsion tizimning keyingi versiyasi ham keladi.

Xullasi kalom, iOS 14 talqinidagi proshivkagacha yangilanadigan ayfonlar ro‘yxati quyidagicha:

  1. iPhone 11
  2. iPhone 11 Pro
  3. iPhone 11 Pro Max
  4. iPhone XR
  5. iPhone XS
  6. iPhone XS Max
  7. iPhone X
  8. iPhone 8
  9. iPhone 8 Plus
  10. iPhone 7
  11. iPhone 7 Plus
  12. iPhone 6S
  13. iPhone 6S Plus
  14. iPhone SE

Ya’ni, ayni damda amalda bo‘lib turgan Apple smartfonlarining hech biri, hattoki bu yil 5 yoshga to‘layotgan iPhone 6S ham eskirmaydi!

O‘QING: Ekspertlar barcha iPhone’larning istalgan Android-smartfondan asosiy ustunligini ma’lum qilishdi

Shuningdek, iPadOS 14 versiyasiga qadar yangilanadigan Apple planshetlari ham ma’lum bo‘lgan. O‘tgan yili iPadOS 13 proshivkasini qabul qilgan aypadlardan faqat ikkitasi – eski iPad Air 2 hamda iPad Mini 2 modellarigina bu yilgi yangilanishdan mahrum etiladi. Qolganlarini, ya’ni – quyidagi ro‘yxatga kirgan qurilmalarini kupertinolik gigant yangi talqindagi – iPadOS 14 bilan ta’minlaydi:

  1. iPad Pro’larning barcha modellari
  2. iPad Air 3
  3. iPad 5 (2017)
  4. iPad 6 (2018)
  5. iPad 7 (2019)
  6. iPad Mini 4

Demak, o‘zingizga yoki biror yaqiningizga iPhone yoxud iPad tanlayotganda, uning yuqoridagi ro‘yxatga kirgan-kirmaganiga ham e’tibor qaratganingiz ma’qul.

O‘QING: Bojxonada million dollarlik kontrabanda ayfon va boshqa Apple mahsulotlari musodara etildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!