Qaysi iPhone modellari eSIM'ni qo'llab-quvvatlaydi? (ro'yxat)
Boshqa Android smartfonlarida bo'lganidek, iPhone smartfonlari ikkita jismoniy SIM-karta solib bo'lmaydi. Agar siz ikki yoki uchta SIM-karta egasi bo'lsangiz va iPhone smartfon ishlatsangiz, qolgan SIM-kartalaringiz uchun qo'shimcha telefon olishga shoshilmang.
Smartfonlar kundan-kunga rivojlanib bormoqda. Masalan, mavzumiz doirasida shuni aytish kerakki, Apple o'zining ilk smartfonlarini mini SIM-kartalar bilan chiqargan bo'lsa, iPhone 4 va iPhone 4S modellari bilan mikro SIM-kartalarga, iPhone 5 bilan esa nano SIM-kartalarga o'tgan. Undan keyin jismoniy SIM-kartalar o'rniga elektron SIM-kartalar paydo bo'ldi va kupertinolik kompaniya o'zining iPhone XS modelidan boshlab ularni qo'llab-quvvatlashni boshladi.
Elektron SIM-karta yoxud qisqachasiga eSIM oddiy jismoniy SIM-kartalarning raqamli ya'ni elektron ko'rinishib, ular bir vaqtda bir nechta operatorlar bilan ulanishni qo'llab-quvvatlashi, jismonan mavjud bo'lmaganligi sabab ham smartfon ishlab chiqaruvchilari ham smartfon foydalanuvchilari qulayligi bilan borgan sari ommalashib bormoqda.
Shunday qilib, bugungi kunda nafaqat Apple, balki ko'plab Android smartfonlarida eSIM qo'llab-quvvatlanishi mavjud, lekin biz hozir qaysi eSIM xususiyati mavjud iPhone modellari bilan tanishamiz:
iPhone 13 Pro Max | ikkilik eSIM + nano SIM |
iPhone 13 Pro | |
iPhone 13 | |
iPhone 13 mini | |
iPhone SE 2022 (uchinchi avlod) | |
iPhone 12 Pro Max | eSIM + nano SIM |
iPhone 12 Pro | |
iPhone 12 | |
iPhone 12 mini | |
iPhone SE 2020 (ikkinchi avlod) | |
iPhone 11 Pro Max | |
iPhone 11 Pro | |
iPhone 11 | |
iPhone XR | |
iPhone XS Max | |
iPhone XS |
Afsuski, iPhone X smartfonlari ro'yxatdan mavjud emas, ya'ni ushbu model eSIM xususiyatiga ega emas. Apple o'zining smartfonlarida eSIM'ni qo'llab-quvvatlashni iPhone X davomchilari, iPhone XS va XR modellaridan boshlagan.
iPhone smartfonlarida ikkita SIM-kartadan foydalanib bo'lmaydi deb kim aytdi? Siz iPhone XS modelidan to iPhone 12 seriyasidagi modellargacha ham eSIM, ham nano SIM-kartalar bilan ikkita SIM-kartadan, uchinchi avlod iPhone SE modelidan boshlab esa ikkita eSIM va nano SIM-karta bilan uchtagacha SIM-kartadan foydalanishingiz mumkin.
Kelajakda esa, Apple yangi avlod iPhone modellari: iPhone 14 yoki iPhone 15 bilan jismoniy SIM-kartalardan butunlay voz kechishi, SIM-karta uyasisiz, faqat eSIM qo'llab-quvvatlanadigan smartfonlarini taqdim qilishi kutilmoqda.
Aytish kerakki, O'zbekistonda MobiUz, Beeline Uzbekistan va UzMobile aloqa operatorlari eSIM bilan ulanish xizmatini taqdim qilishadi.
O'QING: Kuzning birinchi kunida yangi smartfon taqdim etiladi