Qaysi iPhone'lar eng ko‘p sotilyapti?

Qaysi iPhone'lar eng ko‘p sotilyapti?

Consumer Intelligence Research Partners'ning tadqiqot hisobotida Apple kompaniyasining uchinchi moliyaviy choragida iPhone'lar qancha sotilganligi tahlil qilindi.

O‘QING: Bloomberg: Apple yangi iPhone'lardan 90 milion dona ishlab chiqaradi

Ushbu hisobot aprel oyidan iyun oyigacha sotilgan barcha iPhone'larni o‘z ichiga oldi. Tadqiqotning bir qismi aprel-iyun oylarida Apple mahsulotini sotib olgan 500 ta Apple mijozlari orasida so‘rov o‘tkazish edi. Bunga iPhone, iPad, Mac kompyuter yoki Apple Watch kiradi.

Pandemiya cheklovlari kamayganligi sababli, xaridorlar asosan qimmatroq bo‘lgan iPhone'larni sotib olishni boshladilar. Bu esa Apple onlayn do‘konlarida savdoning ikki barobar oshishiga olib keldi.

So‘rovnoma hisob-kitoblariga ko‘ra, iPhone 12 Pro Max va iPhone 11 modellari eng ko‘p sotilgan bo‘lib, ikkalasi ham so‘rovnoma qatnashchilari sotib olgan iPhone'lar ulushining 23 foizini tashkil etdi. Barcha to‘rtta iPhone 12 modellari umumiy iPhone'larning 63 foizini tashkil etdi. Chorakda eng kam sotilgan modellar iPhone 12 mini va iPhone XR bo‘ldi. Ularning sovdo ulishi atigi 5 foizini tashkil qilgan.

CIRP'ning xabar berishicha, yangiroq bo‘lgan smartfonlarni sotib olish nisbatan kamaygan. Uchinchi chorakda 37% xaridorlar ikki va undan kamroq yil oldin ishlab chiqarilgan smartfonlarni sotib olgan bo‘lsalar, 30% xaridorlar ikki yoki undan oshiqroq yil oldin ishlab chiqarilgan iPhone'larni sotib olishgan. 2021 yil mart oyi oxirida esa ushbu raqamalar mos ravishda 35% va 34% tashkil qilgan.

O‘QING: Apple iPhone narxlari bilan tanishamiz (2021 yil, iyul)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!