Qaysi iPhone’ning batareyasi qanchalik «baquvvat» – barchasi bitta ro‘yxatda!

  •   DiMaX
  •  7581
  •  27.07.2019 14:13

Qaysi iPhone’ning batareyasi qanchalik «baquvvat» – barchasi bitta ro‘yxatda!

Yaqinda biz 12 yil davomida chiqqan barcha Apple smartfonlarining narxlarini bitta ro‘yxat tarzida e’lon qilgan edik. Endi esa ularning muhim xususiyatlaridan yana biri – akkumulyatorlari qanchalik tok sig‘imiga ega ekanligiga navbat keldi.

O‘QING: Ikkinchi marta «yetim qolgan» iPhone xronologiyasi

Aytish kerakki, iPhone 4 modeligacha bo‘lgan smartfonlarida kupertinoliklar litiy-polimerli batareyalarni qo‘llashgan. iPhone 4s rusumidan boshlab esa ayfonlarda litiy-ionli akkumulyatorlar ishlatilib kelayotir.

Ularning tok sig‘imlari esa quyidagicha:

  1. iPhone 2G – 1400 mA/soat;
  2. iPhone 3G – 1150 mA/soat;
  3. iPhone 3GS – 1219 mA/soat;
  4. iPhone 4 – 1420 mA/soat;
  5. iPhone 4s – 1430 mA/soat;
  6. iPhone 5 – 1440 mA/soat;
  7. iPhone 5c – 1510 mA/soat;
  8. iPhone 5s – 1560 mA/soat;
  9. iPhone 6 – 1810 mA/soat;
  10. iPhone 6 Plus – 2915 mA/soat;
  11. iPhone 6s – 1715 mA/soat;
  12. iPhone 6s Plus – 2750 mA/soat;
  13. iPhone 7 – 1960 mA/soat;
  14. iPhone 7 Plus – 2900 mA/soat;
  15. iPhone 8 – 1821 mA/soat;
  16. iPhone 8 Plus – 2675 mA/soat;
  17. iPhone X – 2716 mA/soat;
  18. iPhone XR – 2942 mA/soat;
  19. iPhone XS – 2658 mA/soat;
  20. iPhone XS Max – 3174 mA/soat.

Aytish kerakki, har qanday ayfonning avtonom ishlash muddati akkumulyatorning tok sig‘imiga bevosita bog‘liq, ammo bunda turli modellarning ekran turi va o‘lchami, protsessori va tezkor xotirasi, tizimning optimizatsiyasi kabi boshqa jihatlari ham muhim.

Terashop.uz internet-do‘konimizda esa so‘nggi yillarda taqdim etilgan har xil modellardagi iPhone’larni 4 905 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda sotib olish imkoni mavjud.

O‘QING: Video: Apple reklamada iPhone XR’ning rekordchi jihatini aytib maqtandi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!