Qaysi kompaniya birinchilardan bo‘lib 200MP kameraga ega bo‘lgan smartfonni taqdim etadi?

Qaysi kompaniya birinchilardan bo‘lib 200MP kameraga ega bo‘lgan smartfonni taqdim etadi?

Samsung sentyabr oyida 200MP Isocell HP1 kamera sensorini taqdim etgan edi. Shu kungacha qaysi kompaniya ushbu kamera sensoridan foydalanishi noma’lumligicha qolayotgan edi. 

O‘QING: Xiaomi 12'ning kameralari haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi

Digital Chat Station ma’lumotlariga ko‘ra, Motorola kompaniyasi birinchilardan bo‘lib 200MP kamerani o‘z smartfoniga o‘rnatmoqchi. Ice Universe esa bu tafsilotlarni alohida tvitda tasdiqladi. 

Hozircha ushbu kameraga kompaniyaning qaysi smartfon modeli ega bo‘lishi noma’lum. Ammo, Ice Universe insayderi Moto Edge X smartfoni birinchi bo‘lib OmniVision sensorlariga ega bo‘lishi haqida ma’lumot bermoqda. 

Avvalroq Xiaomi kompaniyasi birinchilardan bo‘lib 200MP kamerani o‘z smartfoniga o‘rnatishi haqida ma’lumot tarqalgan edi. Biroq kompaniya ushbu ma’lumot to‘g‘ri ekanligini tasdiqlamadi. 

Digital Chat Station ma’lumotlariga ishonadigan bo‘lsak, Xiaomi hozirda ushbu sensorni sinovdan o‘tkazmoqda. Ice Universe esa Xiaomi 2022 yilning ikkinchi yarmida 200MP kameraga ega bo‘lgan smartfonni taqdim etishi mumkinligiga ishonmoqda. 

Samsung'ga kelsak, kompaniya 2023 yilga borib 200MP kamerali smartfonni ishlab chiqarishi mumkin. Hozircha kompaniya Isocell HP1 sensoridan foydalanishi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. 

Samsung yaqin yillardan beri smartfon kameralarining megapikselini oshirishga harakat qilayotgan edi. Biroq megapiksellar soni har doim ham kameraning sifat darajasini belgilab bermaydi. Kamera sifatini belgilash uchun sensor hamda piksel o‘lchami, tasvirga ishlov berish birligining unumdorligi, diafragma va boshqa omillarni hisobga olish kerak bo‘ladi. 

O‘QING: Poco X4 hamda Poco X4 NFC smartfonlari taqdim etiladi 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!