💥SIZ KUTGAN MA’LUMOT! Qaysi operatorning abonentlari eng ko‘p? (+infografik video)

💥SIZ KUTGAN MA’LUMOT! Qaysi operatorning abonentlari eng ko‘p? (+infografik video)

Xabaringiz bor, O‘zbekiston mobil aloqa bozorida oxirgi o‘n yil ichida tub burilishlar sodir bo‘ldi. Ba’zi mobil aloqa operatorlari o‘z nomini o‘zgartirib, yangi brendga aylandi. Masalan, Coscom o‘z nomini Ucell'ga aylantirdi, UMS mobiuz deya qayta nomlandi. UzMobile dunyoga keldi.

Mana shu vaqt oralig‘ida operatorlar xizmat ko‘rsatuvchi abonentlar soni ham o‘zgarishlarga yuz tutdi. uzzoom.uz sayti 2006-yilning to‘rtinchi choragidan boshlab Beeline, Ucell (sobiq Coscom), mobiuz (sobiq UMS) va UzMobile aloqa operatorlarining abonentlari sonidagi o‘zgarishlarni aks ettirgan infografik video taqdim qildi.

Unga ko‘ra, 2006-yilning oxirgi choragida mamlakat bo‘ylab jami 3 milliondan ortiq abonentga xizmat ko‘rsatilgan. Bu davrda eng ko‘p mijozlarga ega bo‘lgan kompaniya MTS bo‘lgan. Undan keyingi o‘rinlarni Beeline va Coscom (hozirgi Ucell) egallagan.

2007-yil oxirida mobil aloqa xizmatlaridan foydalanayotganlar soni 7 millionga yaqinlashgan. Shulardan 3 millioni MTS'dan, 2 millioni Beeline'dan va 1 millioni Coscom xizmatlaridan foydalangan.

2008-yil yakunlariga ko‘ra, 13 million o‘zbekistonlik tarmoqqa ulangan. Ucell'ning ulushi Beeline'ga deyarli yetib qolgan.

2009-yilning birinchi choragiga kelib, Ucell abonentlari soni bo‘yicha Beeline'dan o‘zib ketgan. Mamlakat bo‘ylab jami abonentlar soni 14 milliondan oshgan. Yil oxirga borib esa 16 million hamyurtimiz MTS, Ucell va Beeline mijoziga aylangan. Demak, bir yilda naq 2 million yangi foydalanuvchi operator xizmatlariga ulangan.

O‘QING: Siz sevgan operatorlarning 20 mingdan 70 ming so‘mgacha bo‘lgan tariflari bilan tanishing!

2010-yilda Ucell abonentlari soni keskin oshgan. Yil oxirida mamlakat bo‘ylab jami mijozlar soni 21,5 million atrofida bo‘lgan. Bu oldingi yilning mos davriga nisbatan 5,5 millionta ko‘p abonent demakdir.

2011-yil davomida yana 3,5 million foydalanuvchi tarmoqda ro‘yxatdan o‘tgan. Beeline mijozlari soni deyarli Ucell'nikiga tenglashgan.

2012-yil telekommunikatsiya bozorida muhim o‘rin tutgan. Sababi xuddi shu yili MTS yopilgan. Aftidan, MTS mijozlarining ko‘pi Beeline'ga o‘tgan, bu kompaniya abonentlari soni bo‘yicha Ucell'ni ortda qoldirgan. MTS yopilgani sabab tarmoqqa ulanganlar soni keskin kamaygan. Yil oxirga borib bu ko‘rsatkich 18 millionga tushib qolgan.

2013-yilda esa unchalik katta o‘zgarish sodir bo‘lmagan. Mamlakat bo‘ylab abonentlar soni asta-sekinlik bilan qayta o‘sa boshlagan.

2014-yilning to‘rtinchi choragida UMS sahnaga kelgan.

2015-yilning ikkinchi choragida esa UzMobile dunyoga kelgan. Yil oxirida jami abonentlar soni 20 milliondan oshgan.

2016-yil davomida UMS UzMobile'dan ortda qolgan va yana o‘sha yilning o‘zida oldingi o‘rnini qayta tiklagan. Beeline hali ham yetakchi.

2017-yilda Ucell'ga ulanganlar kamaya boshlagan. Beeline mijozlari soni esa 9,5 million atrofida bo‘lgan.

2018-yilda UzMobile UMS'ni yana ortda qoldirib, uchinchi o‘ringa ko‘tarilib olgan.

2019-yilda eng yosh aloqa operatori abonentlari keskin oshgan. Yil oxiriga kelib sakkiz yil deganda birinchi marta Ucell Beeline'ni «taxtdan ag‘dargan».

2020-yilning ikkinchi choragi holatiga ko‘ra, O‘zbekiston bo‘ylab mobil aloqa xizmatlaridan 23 million 881 ming nafardan oshiq mijoz foydalanib kelmoqda. Ushbu bozorda Ucell yetakchi (8 millionga yaqin abonent), Beeline undan keyingi o‘rinda (7 milliondan oshiq abonent), UzMobile uchinchi o‘rinda (6 millionga yaqin abonent) va so‘nggi o‘rinda mobiuz (3 million abonent) turibdi.

O‘QING: Beeline va Ucell'ning 20 mingdan 70 minggacha bo‘lgan tariflarini bitta joyda taqqoslaymiz!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.