Qaysi shahar O‘zbekistonda birinchi «Smart City» bo‘lyapti?

  •   DiMaX
  •  1532
  •  24.06.2020 11:36

Qaysi shahar O‘zbekistonda birinchi «Smart City» bo‘lyapti?

Bir qator davlatlarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’minlangan shaharlar, ya’ni «Smart City»lar paydo bo‘lmoqda. Toshkent viloyatining ma’muriy markazi hisoblangan Nurafshonni ham mamlakatimizdagi birinchi aqlli shaharga aylantirish rejalashtirilyapti.

O‘QING: Vodiydagi «Smart City» loyihasiga 2 milliard dollarlik xorijiy investitsiya kiritiladi

Umumiy maydoni 217 gektardan iborat bo‘lgan To‘ytepa shaharchasi o‘rnida vujudga kelgan Nurafshon shahrining jami maydoni bugungi kunda qariyb 16 baravar kengaygan bo‘lib, ayni paytda 3248 gektarga teng.

Mavjud 22 ta mahalla fuqarolar yig‘inida 48 ming nafarga yaqin aholi istiqomat qiladi.

Bugun shahardagi ulkan qurilish ishlari davom etmoqda. Xususan, shahar markazi Toshkent yo‘li ko‘chasida 213 ta ob’yekt buzilib, joy egalariga mahalliy byudjet hisobidan 24 milliard so‘m tovon puli to‘lab berildi.

Markaziy ko‘chada 172 ta bino va inshoot qad ko‘tarishi rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunda ularning 36 tasida qurilish ishlari olib borilyapti.

O‘QING: Dunyodagi 10 ta eng aqlli shahar

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.