Qaysi smartfon brendi o'z qurilmasini yangilanishlar bilan eng uzoq qo'llab-quvvatlaydi?

Qaysi smartfon brendi o'z qurilmasini yangilanishlar bilan eng uzoq qo'llab-quvvatlaydi?

Smartfoningiz uchun tizim yangilanishlari turli xil yangi funksiyalar olib keladi, biroq ishlab chiqaruvchilar o'z qurilmalarini faqat ma'lum muddatgacha yangilanishlar bilan qo'llab-quvvatlashadi. Nega bu doimiy emas? Chunki qurilma chipseti vaqt o'tgan sari yangi paydo bo'layotgan texnologiyalarni qo'llab-quvvatlamasligi mumkin. Shuningdek, Quora'da foydalanuvchilarning biri yangilanishlar kompaniya uchun qimmatga tushishini ta'kidlaydi. Shu kabi yana boshqa bir necha sabablarga ko'ra smartfon ishlab chiqaruvchilari o'z qurilmalariga faqat bir necha yillik tizim va xavfsizlik yangilanishlarini taklif qilishadi.

Xo'sh, unda qaysi smartfon ishlab chiqaruvchisi o'z smartfonini eng uzoq qo'llab-quvvatlaydi? Reddit foydalanuvchisi shu mavzuda Android brend smartfon kompaniyalarining rasmiy veb-saytlaridan olingan ma'lumotlar bilan ro'yxat tuzdi:

  Ishlab chiqaruvchilar Tizim yangilanishlari Xavfsizlik yangilanishlari
1 Samsung 4 yil 5 yil
1 OnePlus 4 yil 5 yil
1 Oppo 4 yil 5 yil
2 Google 3 yil 5 yil
3 Xiaomi  3 yil 4 yil
4 Motorola 3 yil 4 yil
4 Realme 3 yil 4 yil
5 Vivo 3 yil 3 yil
5 Nokia 3 yil 3 yil
6 Sony 2 yil 3 yil
7 Honor 2 yil 2 yil
7 Asus 2 yil 2 yil
7 TCL 2 yil 2 yil
8 ZTE 1 yil 1 yil

Ro'yxatning birinchi o'rnini Samsung, OnePlus va Oppo brendlari 4 yillik operatsion tizim, hamda, 5 yillik xavfsizlik yangilanishlari bilan band qilishgan. Eng oxirgi o'rinni esa ZTE faqat 1 yillik yangilanishlar kafolati bilan egallagan.

Garchi Android bo'lmasa ham, iPhone smartfonlarini ham unutmaslik kerak. Apple ularni o'rtacha 6 yilgacha yangilanishlar bilan ta'minlaydi.

O'QING: Android 14 tizimida xavfsizlik choralari kuchaytiriladi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!