Qaysi smartfonlar ishlatilsa ham narxini ko‘p yo‘qotmaydi?

  •   DiMaX
  •  2972
  •  15.07.2020 14:08

Qaysi smartfonlar ishlatilsa ham narxini ko‘p yo‘qotmaydi?

Smartfonsozlik rivojlangani sayin, tutilgan telefonlarning ikkilamchi bozori ham gullab-yashnamoqda. Xo‘sh, ishlatilgan smartfonlarning narxlari yangilarinikidan qanchalik arzon bo‘ladi o‘zi?

O‘QING: TOP-10: Ishlatilsa ham narxini ko‘p yo‘qotmaydigan smartfonlar

Huishoubao kompaniyasi mobil qurilmalarning ishlatilgach ham qiymati saqlanishi bo‘yicha reytinglar e’lon qilib keladi. Yaqinda u joriy yilning birinchi yarmi holatiga ko‘ra ikkilamchi bozor haqidagi ma’lumotlarni e’lon qildi.

Mazkur reytingda Xiaomi kompaniyasi birinchi o‘rinni egallagan – egalari yangi smartfon olishga qaror qilganlarida uning smartfonlari o‘z qiymatini eng kam yo‘qotar ekan.

Ikkinchi o‘rinni OnePlus telefonlari egallagan bo‘lsa, uchinchi o‘rinda ham aslida «Xitoycha Apple»ning bo‘linmasi bo‘lgan Black Shark brendining geymerofonlari kelmoqda. Huawei kompaniyasi hamda uning Honor brendi smartfonlari tegishlicha to‘rtinchi-beshinchi pog‘onalarni band etib, Apple oltinchi o‘ringa tushib ketgan.

O‘QING: Android-smartfonlar ikki baravar tez arzonlashadi!

Lekin alohida modellarni olib qaraganda, Huawei P40 Pro birinchi o‘rinni egallagan. Undan keyingi o‘rinda Honor 30 Pro bo‘lsa, kuchli uchlikni OnePlus 8 Pro yakunlab bergan.

Ishlatilganida qiymatini ko‘p yo‘qotmaydigan smartfonlar o‘ntaligida keyingi pog‘onalarni Xiaomi Mi 10 Pro, Black Shark 3 Pro, Redmi K30 Pro Zoom Edition, Nubia Red Devil 5G, Vivo NEX 3S, Oppo Find X2 Pro va Samsung Galaxy S20 Ultra flagmanlari band etgan.

O‘QING: Jahondagi eng arzon pentakamerali smartfon chiqdi, yana NFC chipiyam bor! (+video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!