Qaysi smartfonlardan o‘z egalari rostakamiga rozi? (AnTuTu reytingi, 2021 yil mart)

  •   DiMaX
  •  2356
  •  07.04.2021 16:32

Qaysi smartfonlardan o‘z egalari rostakamiga rozi? (AnTuTu reytingi, 2021 yil mart)

AnTuTu benchmarkiga ko‘ra mart oyidagi eng baquvvat Android-flagmanlar reytingini taqdim etgan edik. Mazkur servis jamoasi o‘rta narxli smartfonlarning TOP-o‘ntaligini ham e’lon qilgan.

O‘QING: Eng ravon interfeysli smartfonlar (Master Lu reytingi, 2021 yil mart)

AnTuTu servisi o‘z egalarini qoniqtirganlik darajasiga ko‘ra ham Android-smartfonlarning ro‘yxatini chiqardi. Ushbu reyting benchmark foydalanuvchilarining o‘z smartfonlari haqida 2021 yil mart oyida bildirgan munosabatlariga asoslangan.

Fevraldagi reyting yetakchisi – Huawei Mate 40 flagmani 98,04 foizlik qoniqish ko‘rsatkichi bilan mart oyida ham eng ko‘p ijobiy baho olgan smartfon bo‘ldi. Umuman, bir necha oydan beri kuchli uchlikdan tushmay kelmoqda.

Ikkinchi o‘rin egasi ham o‘zgarmagan – Meizu 17 Pro modeli o‘z foydalanuvchilarini 97,97 foiz holatda rozi qilgan. Eslatib o‘tamiz – ushbu flagman yanvardagi reyting g‘olibi edi. Mazkur qurilmaning davomchisi esa...

O‘QING: Xitoyning bu flagmanlari iPhone egalarini Android’ga o‘tishga majbur qilyapti!

Samsung kompaniyasining o‘tgan yilgi Galaxy S20 Ultra 5G flagmani (97,82%) kuchli uchlikni yakunlab bergan. Qolgan o‘rinlardan esa mana bu smartfonlar o‘rin olgan:

  1. HONOR 30 Pro+ (97,75%)
  2. Galaxy Note 20 Ultra 5G (96,55%)
  3. Black Shark 4 Pro (96,36%)
  4. Meizu 17 (96,32%)
  5. Meizu 18 (95,36%)
  6. Meizu 18 Pro (94,09%)
  7. OPPO Find X3 Pro (93,87%).

E’tibor bering: o‘z egasini rozi qilgan smartfonlar o‘ntaligiga faqatgina kamtar Meizu kompaniyasining uchta modeli kirgan.

O‘QING: Eng ko‘p qaysi smartfonlarning qalbakilari chiqyapti? (AnTuTu reytingi, 2021 yil fevral)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!