Qaysi smartfonlarni ko‘proq soxtalashtirishadi?

  •   DiMaX
  •  2354
  •  24.01.2018 16:18

Qaysi smartfonlarni ko‘proq soxtalashtirishadi?

AnTuTu jamoasi turli ko‘rsatkichlar bo‘yicha 2017 yil yakunlarini chiqarishda davom etmoqda. Benchmark bazasidagi 17 424 726 ta qurilmaning ma’lumotlarini tahlil qilib chiqib, eng ko‘p klonlashtirilgan smartfonlarni e’lon qilishdi.

O‘QING: AnTuTu ideal Android-smartfon xususiyatlarini ma’lum qildi

Smartfonlari eng ko‘p soxtalashtirilgan brendlar ro‘yxatida janubiy koreyalik gigant yetakchilik qilmoqda. Uning ortidan – kupertinolik «ashaddiy raqib», so‘ng esa xitoylik kelayotir.

Kompaniya

Soxtalashtirish ulushi

1

Samsung

36,23%

2

Apple

7,72%

3

Xiaomi

4,75%

4

Oppo

4,46%

5

Huawei

3,4%

Bundan tashqari, AnTuTu jamoasi konkret modellarning nusxalarini chiqarish bo‘yicha ham reyting tuzgan. Bu ro‘yxat quyidagicha ko‘rinish olgan:

  1. Samsung Galaxy S7 Edge (Yevropa uchun chiqarilgan versiya)
  2. Samsung Galaxy S7 Edge (Xitoy uchun chiqarilgan versiya)
  3. Samsung Galaxy S7
  4. Samsung Galaxy W2016
  5. Apple iPhone 7 Plus
  6. Samsung Galaxy W2017
  7. OnePlus 3T
  8. Xiaomi Mi 5
  9. Samsung Galaxy S7 Edge (Amerika uchun chiqarilgan versiya)
  10. Samsung Galaxy S8 Plus

Qizig‘i, ko‘plab iPhone nusxalari Android operatsion tizimiga ega.

O‘QING: «Xitoycha iPhone X»ni 100 dollarga olishga ulguring! (+video)