Qaysi Xiaomi smartfonini sotib olsam ekan?

Qaysi Xiaomi smartfonini sotib olsam ekan?

Qaysi Xiaomi smartfonini sotib olsam ekan deb o‘ylanyotgan muxlislar uchun ushbu maqolamiz juda foydali bo‘lishi mumkin. Bugun Xiaomi tomonidan yangi taqdim etilgan Poco F4, Poco X4 GT va Xiaomi 12 Lite smartfonlarini taqqoslaymiz. 

Smartfonlar narx jihatidan bir-biriga juda yaqin, shuning uchun aynan taqqoslash uchun ushbu smartfonlar tanlandi. Dastavval quyida uchala smartfonning texnik ko‘rsatkichlarini solishtirib chiqamiz.

Eslatib o‘tamiz, smartfon rasman 350-400 dollarlar atrofida sotuvga chiqqan. Savdo ofislarida narxlar turlicha bo‘lishi mumkin.

Smartfon modeli  Xiaomi Poco F4  Xiaomi Poco X4 GT  Xiaomi 12 Lite 
Taqdim etilgan sana 2022 yil 23 iyun  2022 yil 23 iyun  2022 yil 9 iyul 
O‘lcham 163.2x76.0x7.7mm, 195g 163.6x74.3x8.9mm, 200g 159.3x73.7x7.29mm, 173g
Korpus  plastik, orqa panel shisha plastik, orqa panel plastik plastik, orqa panel plastik
Displey 6.67“ AMOLED, 120 gerts chastota, HDR10+, Dolby Vision, 1300 nit yorqinlik (maksimal), 1080x2400 piksel rezolyutsiya, 20:9 forma faktori, 395ppi zi 6.60 dyuymli IPS LCD, 144 gerts, HDR10, Dolby Vision, 500 nit yorqinlik (o‘rtacha), 1080x2460 piksel rezolyutsiya, 20.5:9 forma faktori, 407ppi zichlik. 6.55 dyuymli AMOLED, HDR10+, Dolby Vision, 120 gerts, 500 nit yorqinlik (o‘rtacha), 1080x2400 piksel rezolyutsiya, 20:9 forma faktori, 402ppi zichlik
Chipset Qualcomm Snapdragon 870 5G (7 nm), Adreno 650 MediaTek Dimensity 8100 (5 nm), Mali-G610 MC6 Qualcomm Snapdragon 778G 5G (6 nm), Adreno 642L
Xotira 6/128GB, 8/256GB; UFC 3.1 8/128GB, 8/256GB; UFS 3.1 6/128GB, 8/128GB, 8/256GB; UFS 2.2
Dasturiy ta’minot Android 12, MIUI 13

Android 12, MIUI 13

Android 12, MIUI 13
Kamera

Asosiy kamera: 64 MP, f/1.8 1/2.0“, 0.7µm, PDAF, OIS

Ultrakeng kamera: 8 MP, f/2.2

Makro kamera: 2 MP, f/2.4

Asosiy kamera: 64 MP, f/1.9, 1/1.72“, 0.8µm, PDAF

Ultrakeng kamera: 8 MP, f/2.2

Makro kamera: 2 MP, f/2.4

Asosiy kamera: 108 MP, f/1.9, 26mm, 1/1.52“, 0.7µm, PDAF

Ultrakeng kamera: 8 MP, f/2.2

Makro kamera: 2 MP, f/2.4

Selfi kamera 20 MP, f/2.5 16 MP, f/2.5 32 MP, f/2.45
Video yozuv

Asosiy kamera: 4K@30fps, 1080p@30/60fps; gyro-EIS;

Selfi kamera: 1080p@30fps

Asosiy kamera: 4K@30 kadr/sek, 1080p@30/60 kadr/sek;

Selfi kamera: 1080p@30 kadr/sek

Asosiy kamera: 4K@30 kadr/sek, 1080p@30/60/120 kadr/sek; gyro-EIS;

Selfi kamera: 1080p@30/60 kadr/sek, 720p@120 kadr/sek

Akkumulyator 4,500 mAs; 67 vatt tezkor quvvlash texnologiyasi 5,080 mAs; 67 vatt tezkor quvvlash texnologiyasi 4,500 mAs; 67 vatt tezkor quvvlash texnologiyasi
Qo‘shimcha ko‘rsatkichlar Barmoq izi skaneri (yon tomonda), NFC, stereo dinamik, infraqizil port Barmoq izi skaneri (yon tomonda); infraqizil port; 3.5 mm audio jek; stereo dinamik Barmoq izi skaneri (ekran ostida, optik); infraqizil port; stereo dinamik
Narx 6/128GB - 400 dollar  8/128GB - 380 dollar  6/128GB - 400 dollar 

Demak, texnik ko‘rsatkichlaridan shuni aytishimiz mumkinki, agar siz smartfonda ko‘p o‘yin o‘ynasangiz yoki og‘ir vazifalarni bajarsangiz Poco X4 GT modelini tanlanganingiz ma’qul. Chunki ushbu qurilma yuqori unumdorlikni taqdim etuvchi Dimensity 8100 chipi bilan jihozlangan. Shuningdek, smartfon ichiga sovutish qoplami o‘rnatilgan bo‘lib, bu chipning qizib ketib unumdorlik darajasi pasayib ketishini oldini oladi.

X4 GT modelinining ikki smartfondan yana bir ustunlik tomoni uning displeyi 144 gertsda ishlaydi. Bu esa o‘yin o‘ynash vaqtida qo‘shimcha ustunlikni taqdim etadi. Qolaversa, uchta smartfon ichida X4 GT eng katta hajmli akkumulyatorga ega smartfon hisoblanadi - 5,080 mAs.

Unumdorlik darajasi bo‘yicha Snapdragon 870 chipi bilan jihozlangan Poco F4 modeli X4 GT'dan hech ham qolishmaydi. Shuningdek, F4 ham sovutish tizimiga ega. F4 modeliga X4 GT'dagi LCD o‘rniga AMOLED displeyi o‘rnatilgan. AMOLED displeyining darajasi esa LCD'dan yuqoriroq.

Kamera texnik ko‘rsatkichlari bo‘yicha ham Poco F4 qolgan ikki smartfondan yaxshiroq ko‘rinmoqda. Garchi Xiaomi 12 Lite modeli yuqori rezolyutsiyadagi kamera bilan jihozlangan bo‘lsa-da, uning kamerasida F4 kabi optik stabilizatsiyaga mavjud emas. Bundan tashqari, ikki modeldan farqli o‘laroq Poco F4'ning orqa paneli plastik emas, balki shisha bilan qoplangan.

O‘rta toifadagi Snapdragon 778G chipiga ega bo‘lgan Xiaomi 12 Lite uch qurilma ichida eng kuchsiz smartfon bo‘lib ko‘rinishi mumkin. Biroq Snapdragon 778G flagman chiplar kabi bo‘lmsa ham yaxshi unumdorlik darajasini taqdim etadi.

Smartfonning afzalliklariga to‘xtaladigan bo‘lsak, u qolgan ikki smartfonga qaraganda ancha ixcham. Qurilma qo‘lda juda yaxshi o‘rnashib turadi. Qolaversa, uning asosiy kamera rezolyutsiyasi 108 megapikselni tashkil qiladi. Poco modellari esa 64MP asosiy kameraga ega.

Yana bir kichik ustunlik shundaki, Xiaomi 12 Lite'ning selfi kamerasi 1080p 60 kadr/soniya formatda videolar olishi mumkin. Qolgan ikki smartfon 30 kadr bilan cheklangan.

O‘QING: HDR va Dolby Vision nima va ular qanday vazifani bajaradi?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!