Qayta tiklangan iPhone’lar ishonchlimi? Apple sobiq xodimi aniqlik kiritadi

  •   DiMaX
  •  2240
  •  18.01.2019 17:25

Qayta tiklangan iPhone’lar ishonchlimi? Apple sobiq xodimi aniqlik kiritadi

Apple gadjetlari odatda ishonchli va mustahkam, ammo baribir ba’zan ularning ayrim qismlarida nuqsonlar uchrab turadi. Shunday hollarda korporatsiya xaridorning devaysini yangisiga almashtirib beradi, eskisini esa, o‘sha qismini almashtirgan holda, «Xuddi yangidek» belgisi ostida arzonroqqa sotadi.

O‘QING: Apple «xuddi yangidek» iPhone 8 va 8 Plus’larni arzon sota boshladi

Xo‘sh, «Xuddi yangidek» iPhone, iPad va boshqa Apple devayslari sotib olishga arziydimi? Ularda yana biror «ishkal» chiqib qolmaydimi?

Reddit resursi foydalanuvchilaridan biri xuddi shu savollar borasida boshqalarning fikri bilan qiziqdi. U yerda esa Apple’ning sobiq xodimi – mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmati bo‘lmish Genius Bar seksiyasida yetti yil ishlagan kishi javob bergan.

O‘QING: Har qanday iPhone’ning yangi yoki qayta tiklangan ekanini osongina aniqlaymiz!

Sobiq xodimning ishonch bilan aytishicha, Apple qayta tiklangan qurilmalariga chindan ham katta e’tibor bilan yondashadi. Hatto bu borada kupertinolik korporatsiyani tengsiz deyish ham mumkin – boshqa ishlab chiqaruvchilar qayta tiklanayotgan qurilmalarining sifatli chiqishi va sinovdan o‘tkazilishiga uningchalik jiddiy qarashmaydi.

Apple zavodlarida qarcha qayta tiklangan barcha gadjetlar, shu jumladan iPhone va iPad’lar mutlaqo yangi korpus va akkumulyator bilan ta’minlanadi. Ularning ishlash qobiliyati mutaxassislar tomonidan sinchkovlik bilan tekshiriladi. Shu bois ham «Xuddi yangidek» iPhone, iPad va Mac singari devayslarga kupertinoliklar qo‘rqmasdan bir yil kafolat berishadi.

O‘QING: iPhone sotishdagi eng keng tarqalgan aldovlar va ularga aldanmaslik yo‘llari