Qayta tiklanish: Donald Trump bir kunda 80 millionga yaqin obunachi yig'di!

Qayta tiklanish: Donald Trump bir kunda 80 millionga yaqin obunachi yig'di!

Ilon Mask o'zining Twitter ijtimoiy tarmog'ida Donald Tramp sahifasini blokirovkadan chiqardi. Aytish kerakki, Tramp o'tgan yil boshida Twitter'dan ban qilingan edi. O'shanda uning obunachilari soni 88 milliondan ortiq bo'lgan. Blokirovkadan chiqarilgandan so'ng esa ushbu ko'rsatkich 9 millionga tushib qolgani ma'lum bo'ldi. Shunga qaramay, AQSHning 45-prezidenti 24 soat ichida o'z obunachilarini butunlay qayta tiklab oldi: blokirovkadan chiqarilgandan so'ng, Tramp sahifasiga 80 millionga yaqin odam obuna bo'ldi. Hozirda ularning soni 87 milliondan oshgan.

Garchi jtimoiy tarmoqdagi sahifasi qayta tiklangan bo'lsa ham, Tramp hali Twitter'ga qaytganicha yo'q. Hozir u o'zining Truth Social nomli ijtimoiy tarmog'iga ega. Bundan avval Tramp Twitter'ga ortiq qaytmasligi ma'lum qilingan edi.

O'QING: Krishtianu Ronaldu Instagram tarixida yarim milliard obunachi yig‘gan birinchi odam bo‘ldi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!