Qayta tirilgan afsona – ishlayotgan holdagi buklama ekranli Motorola RAZR 2019’ni videoda ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  1109
  •  11.02.2019 13:52

Qayta tirilgan afsona – ishlayotgan holdagi buklama ekranli Motorola RAZR 2019’ni videoda ko‘ramiz!

Motorola brendining RAZR rusumli afsonaviy «raskladushka» telefoni «qayta tirilishi» haqidagi mish-mishlar 2017 yiliyoq paydo bo‘la boshlagandi. Keyinroq esa uning buklama ekranli smartfon bo‘lishi xabar qilindi, tag‘in...

O‘QING: Qayishqoq ekranli Motorola RAZR V3 fevraldayoq sotuvga chiqadi, narxi ham ma’lum!

RAZR V3 deb nomlanishi aytilayotgan ushbu buklama smartfon haqidagi insayderlik ma’lumotlaridan foydalanib, dizaynerlar uning uch o‘lchamli modelini yaratishdi. YouTube videoxostingiga joylangan ushbu videorolikda uni Motorola RAZR 2019 deb atashgan:

Guvohi bo‘layotganingizdek, dizaynerlar nazdidagi Motorola RAZR 2019 yopiq payti turli ma’lumotlarni aks ettirib turuvchi qo‘shimcha ekranga va uning ostida kameraga ega. Asosiy ekran qayishqoq bo‘lib, uning yuqori va pastki qismlari yarim doirasimon qilingan, tepa qismida esa so‘zlashuv dinamigi uchun «kemtik» ochilgan.

Ushbu qurilmaning xususiyatlari haqida hozircha rasmiy ma’lumotlar yo‘q, ammo uni Mobile World Congress 2019 ko‘rgazmasidayoq taqdim etilishi va 1500 dollarga narxlanishi aytilmoqda.

O‘QING: «To‘rtta G»: Motorola atigi 199 dollardan boshlanuvchi Moto G7 smartfonlarini taqdim etdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.