«Qayta tug‘ilgan» Motorola RAZR V3 buklama ekranli bo‘ladi!

  •   DiMaX
  •  1664
  •  01.03.2018 17:01

«Qayta tug‘ilgan» Motorola RAZR V3 buklama ekranli bo‘ladi!

Xabaringiz borki, Lenovo kompaniyasi asrimiz boshlarida keng ommalashgan «raskladushka» telefon – Motorola RAZR V3 modelini qaytadan ishlab chiqarishga bel bog‘lagan. Barselonadagi MWC 2018 ko‘rgazmasi doirasida bo‘lib o‘tgan yopiq intervyuda ijrochi direktori Yan Yuansin uning ayrim xususiyatlarini aytib o‘tdi.

O‘QING: OAV: Afsonaviy Motorola RAZR V3 «raskladushkasi» qaytmoqda

Eslatib o‘tish o‘rinliki, 2004 yildan ishlab chiqara boshlagan Motorola RAZR V3 buklama telefoni 2004-2005 yillarda jahonning eng ko‘p sotilgan telefon apparati bo‘lgan. Jahon miqyosida bu telefon 130 million donadan ziyod sotilgan.

Bu telefon o‘ziga xos dizayni bilan tezda ommalashdi. Metall plastinali klaviatura va elektrolyuminantli klaviatura osti chirog‘i bilan u ko‘pchilikka go‘yoki kelajak aloqa vositalarini eslatib yubordi.

O‘QING: Jahonning eng yaxshi sotilgan telefonlari: 1992-2016

MWC 2018 tadbiridagi intervyusida, Motorola RAZR V3 modelining qayta ishlab chiqarilishi haqidagi savolga Yan Yuansin shunday javob bergan: «Yangi texnologiyalar, ayniqsa buklama ekran bilan, smartfonlarimiz dizaynida tobora ko‘proq innovatsiyalarga guvoh bo‘lasiz».

Buklama ekran haqida gapirganida yangi Motorola RAZR V3 modelini nazarda tutganmi-yo‘qmi – shu savol berilganida, Lenovo ijrochi direktori: «Bu savolga allaqachon javob berdim, deb o‘ylayman», deya javob bergan.

Demak, kompaniya klassik «raskladushka» telefonlar kabi o‘rtasidan bukiladigan, buklama ekranli smartfon ustida ishlamoqda. Lenovo uni RAZR brendi ostida taqdim etishini kutish mumkin.

O‘QING: Kompaniyalar «imzosi»ga aylangan muvaffaqiyatli mobil telefonlar

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.