QIZIQ VIDEO: Eng birinchi iPhone’ni eng so‘nggi iPhone 11 Pro bilan taqqoslaymiz!

  •   DiMaX
  •  2432
  •  09.11.2019 17:31

QIZIQ VIDEO: Eng birinchi iPhone’ni eng so‘nggi iPhone 11 Pro bilan taqqoslaymiz!

Apple korporatsiyasi ilk iPhone’ni e’lon qilganida, mobil aloqa bozorini «egallab olgan» yirik telefon brendlari bu yangilikni kinoya va zaharxanda bilan qarshi olishgan. Lekin mazkur qurilma telefonsozlikda yangi davrni – sensor ekranli, tugmachasiz smartfonlar erasini boshlab berdi.

O‘QING: Ilk iPhone'ni raqiblar qanday mayna qilgani va yo‘qlikka ravona bo‘lishgani haqida

Oradan o‘tgan o‘n ikki yil mobaynida Apple smartfonlari ishonchni oqlab, korporatsiya nufuzini saylab kelmoqda. Yaqinda taqdim etilgan iPhone 11, iPhone 11 Pro hamda iPhone 11 Pro Max modellari ham shular qatoridadir; Rossiya Federatsiyasining sifat nazoratiga ixtisoslashgan «Roskachestvo» tashkiloti reytingida ulardan biri eng zo‘r smartfon, deb topilgan.

Taniqli texnobloger Markes Braunli (Marques K. Brownlee) o‘zining YouTube-kanalida qiziqarli rolik e’lon qildi. Unda birinchi – 2007 yili Stiv Jobs taqdim etgan original iPhone o‘zining hozircha so‘nggi avlod vakili – iPhone 11 Pro bilan o‘zaro solishtirib ko‘rsatilgan.

Videolavhada mazkur ikki ayfonning dizaynidagi, kamerasining sifatidagi, funksionalligi va boshqa parametrlaridagi farqlari namoyon etilgan.

Ekrani diagonaliga 5,8 dyuymlik iPhone 11 Pro (sotib olish) oldida uning ilk «ajdod»i – 3,5 dyuymlik iPhone juda kichkina ko‘rinadi. Ma’lum bo‘lishicha, kamera – ayfonlar bosib o‘tgan o‘n ikki yillik taraqqiyot yo‘lida eng kuchli yaxshilangan jihatlardan biri ekan. Birinchi ayfonda atigi 2 megapiksellik kamera bo‘lgan, hozirgilari esa professional fotoapparatlar bilan bemalol bellasha oladi.

Darvoqe, eng yangi hamda keyingi yillardagi ayrim rusumlardagi iPhone’larni 3 760 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish mumkin.

O‘QING: 2 000 dollarlik iPhone qimmat, deysizmi? 71 520 dollarligi chiqdi! (+video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!