Qiziqarli poyga va yana bir pulli o‘yinni bir umr tekinga o‘ynash uchun 1 iyulgacha bepul olib qo‘ying!

  •   DiMaX
  •  9036
  •  25.06.2021 11:34

Qiziqarli poyga va yana bir pulli o‘yinni bir umr tekinga o‘ynash uchun 1 iyulgacha bepul olib qo‘ying!

Turli o‘yin do‘konlari hamda o‘yin ishlab chiquvchi va taqdim etuvchi studiyalar ularni tekin tarqatish aksiyalarini davom ettirishmoqda. Epic Games shunday aksiya doirasida geymerlarga ikkita o‘yinni bepul olib qo‘yish imkonini taqdim etmoqda.

O‘QING: 2021 yilning 1-yarmidagi eng ommabop o‘nta o‘yin (Twitter reytingi)

Ulardan birinchisi Horizon Chase Turbo nomli poyga bo‘lib, klassik arkada geympleyiga ega. Uni o‘tgan asrning 80- va 90-yillaridagi xitlar, xususan, Out Run hamda Top Gear kabilardan ilhomlanib yaratishgan.

Horizon Chase Turbo loyihasining yaxshi jihatlaridan biri shundaki, uni yakka holda ham, ko‘p foydalanuvchi rejimi tufayli do‘stlar bilan ham o‘ynash mumkin. Uni yuklab olish uchun mana bu havola orqali Epic Games do‘konining rasmiy saytiga o‘tasiz.

O‘QING: Maqtovli o‘yin, nihoyat, Android-qurilmalarga ham chiqdi: boshida bepul o‘ynang!

Bepul berilayotgan ikkinchi o‘yin – Sonic Mania esa 2D retro-platformer hisoblanadi. Uni olib qo‘yish uchun mazkur havola yordamida virtual do‘kondagi tegishli sahifaga o‘tish lozim.

Yuqoridagi har ikkala o‘yinning bepul tarqatilish muddati 1 iyulda tugaydi, ammo shungacha ularni o‘z o‘yin kutubxonangizga qo‘shib qo‘ysangiz, keyin istalgan payt tekinga o‘ynayverasiz. Ayniqsa, poyga o‘yini – Horizon Chase Turbo do‘stlar bilan yanada qiziq bo‘ladi; shuning uchun bu xabarni geymer do‘stlaringizga ham yetkazing.

O‘QING: Geymer afsonaviy o‘yinning zamonaviy remeykini yasadi va bu jarayonni videoda ko‘rsatib berdi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!