Qizlar o‘smirni pichoqlab, qotillikni Facebook va Instagram’da jonli efirga uzatib maqtanishdi

  •   DiMaX
  •  10798
  •  27.01.2021 17:55

Qizlar o‘smirni pichoqlab, qotillikni Facebook va Instagram’da jonli efirga uzatib maqtanishdi

Amerikaning Luiziana shtatidagi Walmart savdo markazida to‘rt nafar voyaga yetmagan qiz o‘spirinni o‘ldirganlikda ayblanmoqda. Bu xususda The Daily Dot nashriga tayanib Xabar.uz yozmoqda.

O‘QING: VIDEO: Rossiya o‘z harbiy robotlarini Suriyada ishlatib ko‘rsatdi

Politsiya 12, 13 va 14 yoshli to‘rt nafar o‘spirinni hibsga oldi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ulardan biri 15 yoshli qizchani pichoqlagan. Jinoyat ishtirokchilari yuz berayotgan hodisani Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlarida translyasiya qilishgan.

Videolarning birida qizlardan biri o‘spirinning naq yuragiga pichoq sanchganini maqtanayotgani eshitiladi. Jabrlanuvchi olgan jarohatlari natijasida mahalliy shifoxonada hayotdan ko‘z yumgan.

Gumonlanuvchilar vaqtincha voyaga yetmaganlarni saqlash markaziga joylashtirilgan.

O‘QING: Mudhish qotillik ko‘chadan topilgan fleshka yordamida fosh etildi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!