«Qoch yo‘ldan, Xiaomi!» – Snapdragon 855 protsessorli eng arzon smartfon sotuvga chiqdi

  •   DiMaX
  •  6045
  •  28.10.2019 14:35

«Qoch yo‘ldan, Xiaomi!» –  Snapdragon 855 protsessorli eng arzon smartfon sotuvga chiqdi

Xiaomi’ning asosiy raqiblaridan biri bo‘lgan xitoylik smartfonsoz yaqinda Meizu 16T modelini namoyish etgandi. Bu – Qualcomm Snapdragon 855 chipsetiga asoslangan eng arzon smartfondir.

O‘QING: Meizu yoki Xiaomi: kimning smartfoni yaxshiroq?

Meizu 16T diagonaliga 6,5 dyuymlik AMOLED-ekran bilan jihozlangan. Full HD+ formatidagi displey DCI-P3 ranglar diapazonini to‘liq qamrab oladi va maksimal 600 kd/m2 yorqinlikka ega.

Ushbu modelda displeyga o‘rnatilgan Super mTouch barmoq izi skaneri 0,2 soniyadayoq ishlaydi. Smartfonning «quvvat toshi» – 4500 mA/soatlik akkumulyatori bo‘lsa 18 vattlik tezkor quvvatlash texnologiyasiga ega.

Devaysning apparat ta’minoti asosida Adreno 640 grafik tezlatgichidan tashqari, HexagonTM 690 sun’iy idrok dvijogi ham mavjudligini ta’kidlab o‘tish o‘rinli.

O‘QING: O‘tgan hafta trendda bo‘lgan top 10 smartfon (qirq uchinchi hafta)

Meizu 16T stereofonik dinamiklarga va quloqchin uchun 3,5 millimetrlik standart audiotirqishga ega. Smartfon qadoqdanoq Android 9.0 Pie bazasidagi Flyme 7 interfeysi bilan chiqarilgan. Lekin hozir allaqachon Flyme 8 proshivkasining beta-test dasturi boshlangan.

Qurilmaning bosh kamerasi uch modulli – unga 12, 8 va 5 megapiksellik sensorlar o‘rnatilgan. Selfilar uchun esa 16 megapiksellik old kamera ko‘zda tutilgan.

Meizu 16T bazaviy versiyada 6 GB tezkor va 128 GB ichki xotiraga ega bo‘lib, kompaniya unga atigi 280 dollar narx belgilagan. 320 dollar evaziga uning 8/128 gigabaytligini olish mumkin. Eng yuqori konfiguratsiyali – 8/256 gigabaytlik Meizu 16T uchun esa 350 dollar to‘lashga to‘g‘ri keladi.

O‘zbekistonda esa Meizu kompaniyasining aksariyat smartfonlarini 965 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga Terashop.uz’dan sotib olish mumkin.

O‘QING: 1 noyabrgacha smartfon olishga ulguring, keyin IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish pulli bo‘lib, narxlar ham oshadi!