Qochoq mafiozni o‘zining YouTube-kanali fosh etdi

  •   DiMaX
  •  504
  •  30.03.2021 13:20

Qochoq mafiozni o‘zining YouTube-kanali fosh etdi

Dominikan Respublikasi hukumati Italiya milliy taomlari retseptlari yoritiluvchi YouTube kanalini yaratgan qochoq mafiozni Italiyaga topshirdi. Bu to‘g‘rida davlat politsiyasi ma’lum qildi, deb yozmoqda Xabar.uz nashri.

O‘QING: YouTube’da egizak Mirzayevlar kliplari milliarddan ortiq ko‘rildi (+video)

Mark Feren Klod Biar 2014 yildan beri Redjo-Kalabriya janubiy provinsiyasida «ndrangeta» klanlaridan biri tomonidan tashkil etilgan giyohvand moddalar savdosiga aloqadorligi uchun hibsga olish orderidan yashirinib yurgan. Yetti yil o‘tgach uni Kosta-Rikadan ko‘chib o‘tgan Dominikan Respublikasidagi Boka-Chika kurortidan topishdi.

Qochoq mafioz mahalliy italiyaliklardan ajralmagan holda tinch hayot kechirgan: uni izlayotganlar uchun arvohga aylangandi. Biar rafiqasi bilan birgalikda YouTube kanalini yuritgan: Italiya milliy taomlariga bag‘ishlangan roliklarni joylashgan.

«Uning Italiya milliy taomlariga bo‘lgan muhabbati internet va ijtimoiy tarmoqlarda izini topishga, shuningdek, videoda doimo yuzsiz tasvirlanadigan oshpazni tatuirovkasi orqali aniqlashga yordam berdi», — deyiladi xabarda.

Interpol o‘tgan hafta Italiya tergov organlari bilan hamkorlikda Biarni hibsga oldi. Dushanba kuni jinoyatchi qo‘riqchilar nazoratida Milanga uchib ketdi.

Eslatib o‘tamiz: YouTube saytida har kim ham o‘z kanalini ochishi mumkin va buning eng oson yo‘li to‘g‘risida biz batafsil yo‘riqnoma e’lon qilganmiz. Shuningdek, bir yilga cheksiz Telegram, YouTube, Tas-IX, qo‘ng‘iroqlar yoki ijtimoiy tarmoqlar (Facebook, Instagram, OK, VKontakte) olish usuli haqidagi xabarimiz bilan ham tanishishni tavsiya etamiz.

O‘QING: Koronavirus tufayli O‘zbekistonda umuman kutilmagan ijtimoiy tarmoq 1-o‘ringa chiqdi! (+infografik video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.