Qo‘l telefonida O‘zbekistonga pornografik materiallar olib kirishga uringan ayollar ushlandi

  •   DiMaX
  •  3052
  •  27.11.2017 13:32

Qo‘l telefonida O‘zbekistonga pornografik materiallar olib kirishga uringan ayollar ushlandi

Zamonaviy texnologiyalar yutuqlari kishilar turmushini yaxshilashga xizmat qilgani yaxshi, albatta, ammo ulardan g‘araz niyatlarda foydalanish hollari ham uchrayotgani achinarli. Masalan, 2017 yilning o‘tgan davrida Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan pornografik mazmundagi materiallar bilan bog‘liq 76 ta holat aniqlangan, deya xabar bermoqda Mulohaza.uz sayti.

O‘QING: Qo‘l telefonida behayo foto va video materiallarni tashigan shaxslar qo‘lga tushdi

Mazkur holatlarda jami 8 ming 623 dona pornografik mazmundagi videolavhalar, o‘yin kartalari va suratlar olib o‘tilishining oldi olingan.

Yanada achinarlisi, qonunbuzarlik holatlaridan 8 tasi aynan ayollar tomonidan sodir etilgan. Ayollarning 592 dona pornografik mazmundagi videolavhalar, o‘yin kartalari va suratlar olib kirmoqchi ekanligi aniqlangan.

O‘QING: O‘zbekistonliklar ijtimoiy tarmoqda bir kunda 120 mingta surat e’lon qilmoqda

Misol uchun, «Sankt-Peterburg – Qarshi» yo‘nalishidagi 640-sonli aviareys bilan Qarshi xalqaro aeroportida parvozini yakunlagan Qarshi tumani Yangiobod qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Barno O‘rolova (barcha ism-familiyalar o‘zgartirilgan) belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilgan. Unga tegishli «Samsung SM G361H/DS» markali qo‘l telefoni xotirasida O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi taqiqlangan 31 dona pornografik mazmundagi videolavha borligi aniqlandi.

Shuningdek, Barno bilan hamparvoz bo‘lgan Surxondaryo viloyati Termiz tumanida istiqomat qiluvchi Asila Sanayevaning ham qo‘l yuklari xolislar ishtirokida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi asosida bojxona nazoratidan o‘tkazilganda, deklaratsiyada ko‘rsatilgan «Alcatel 5070D» markali qo‘l telefoni va unga o‘rnatilgan xotira kartasida O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi taqiqlangan 72 dona pornografik mazmundagi videolavha saqlab kelingani ma’lum bo‘ldi.

O‘QING: Surxondaryo bojxonachilari tomonidan telefonida behayo videolarni saqlagan yo‘lovchilar fosh etildi

Yakunda fuqarolar B.O‘rolova hamda A.Sanayevaga nisbatan sud qarori asosida 449 ming 325 so‘mdan jarima tayinlandi. Ashyoviy dalil sifatida olingan qo‘l telefonlari nopok materiallardan tozalanib, davlat egaligiga o‘tkazildi, deyiladi xabarda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!