Qo‘ng‘iroqlashish uchun endi smartfonlarga uyali aloqa ham, internet ham kerak bo‘lmaydi!

  •   DiMaX
  •  2229
  •  26.06.2019 18:15

Qo‘ng‘iroqlashish uchun endi smartfonlarga uyali aloqa ham, internet ham kerak bo‘lmaydi!

 Oppo kompaniyasi keyingi paytlarda juda faollashib borayotgani ma’lum. Bugunning o‘zida u ekranosti kamerali smartfondan tashqari, MeshTalk nomli yangicha texnologiyani ham taqdim etdi.

O‘QING: «Jonli» video va suratlar: Ekranosti kamerali birinchi smartfonni tomosha qiling!

Sodda qilib aytganda, MeshTalk texnologiyasi uyali aloqasiz va internetsiz ham qo‘ng‘iroqlashish va xabar yozishish imkonini beradi. Bu – markazlashtirilmagan tizim (detsentralizovannaya sistema) bo‘lib, abonentlar unda Wi-Fi, Bluetooth va uyali aloqa stansiyalari ko‘magisiz ham ovozli va matnli muloqot qila olishadi!

MeshTalk texnologiyasi faqat Oppo smartfonlaridagina ishlaydi: bitta qurilma ikkinchisi bilan radiochastotalar vositasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanadi. Bu xuddi ratsiyaning ishlash prinsipiga o‘xshash, faqat MeshTalk amal qilish radiusi 3 kilometrgacha boradi. Oppo ta’kidlashicha, ushbu texnologiya tejamkor ham: aloqa moduli yoqiq holidagi smartfon kutish rejimida uch kungacha ishlay oladi.

Oppo vakillarining so‘zlariga ko‘ra, MeshTalk uyali aloqa va mobil internet bo‘lmagan joylarda qo‘llanishi mumkin. Shuningdek, abonentlar orasida maxfiy muloqotlar uchun ham uning ahamiyati katta. Biroq mazkur texnologiya Oppo smartfonlariga qachon tatbiq etilishi hozircha noma’lum.

O‘QING: Yaqin yillarda insoniyat Internetsiz qolishi mumkin

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!