Qo‘qonda imtihonga minitelefon olib kirmoqchi bo‘lgan abituriyent qo‘lga tushdi

  •   DiMaX
  •  666
  •  07.09.2020 08:28

Qo‘qonda imtihonga minitelefon olib kirmoqchi bo‘lgan abituriyent qo‘lga tushdi

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi Qo‘qon shahar markaziy stadioni hududida tashkil etilayotgan oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirish uchun imtihonlarga kelayotgan abituriyentlarni Milliy gvardiya hamda IIB xodimlari sinchkovlik bilan tekshirmoqdalar, deb yozadi Sof.uz.

O‘QING: Testga telefon olib bormang – 1-smenadayoq 37 nafar abituriyent chetlashtirildi!

Joriy yilning 4 sentyabr kuni 2-smenada o‘tkazilishi rejalashtirilgan test sinovlari jarayoniga kelgan abituriyentlarning biridan Farg‘ona viloyati Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan imtihon jarayoniga olib kirib, foydalanish taqiqlangan texnik qurilma topib olindi.

Ushbu abituriyent shu zahotiyoq test topshirish jarayonidan chetlatilib, unga nisbatan Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan belgilangan tartibda choralar ko‘rildi, deyiladi xabarda.

O‘QING: AKT vazirligi: «O‘zbekistonliklar hali-veri «mobil qullik»dan qutulmaydi»

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!