Qoraqalpog‘iston Respublikasi va yettita viloyatda Ucell 3G/4G tarmog‘i kengaytirildi

  •   DiMaX
  •  1619
  •  28.11.2017 12:11

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va yettita viloyatda Ucell 3G/4G tarmog‘i kengaytirildi

Ucell uyali aloqa operatori O‘zbekiston bo‘yicha 3G/4G tarmog‘ining qamrov hududini kengaytirishda davom etmoqda. Bu borada amalga oshirilgan navbatdagi ishlar haqida uning saytida xabar berilgan.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 13 noyabridan 26 noyabrigacha bo‘lgan davrning o‘zida jami 96 ta 3G standartidagi baza stansiyasi hamda 4G standartidagi bitta baza stansiyasi foydalanishga topshirilgan.

O‘QING: Ucell abonentlari uchun OLX.uz’ning «E’lonlar taxtasi» ishga tushdi

Jumladan, Buxoro viloyati bo‘yicha Kogon tumanining B. Naqshband va Beklar, Romitan tumanining Chelongu va Romitan, Buxoro tumanining Sherigon va Yurinbolo, Olot tumanining Chorbog‘ va Jumabozor, Qorako‘l tumanining Jigachi, Quyi Yangibozor, Qozon va Denov, Shofirkon tumanining Denov, Jondor tumanining Samonchuk va Dalmun, Peshku tumanining Qoraqalpoq qishloq fuqarolar yig‘inlari hududlarida, shuningdek, Buxoro shahrining o‘zida, Kogon tumanining Qorovulbozor shohko‘chasida 3G standartidagi baza stansiyalari ishga tushirilgan.

Xorazm viloyati bo‘yicha esa Urganch tumanining Kattabog‘ va Qumrabod mahalla fuqarolar yig‘inlari, Xonqa tumanining Qirqyop qishloq fuqarolar yig‘ini va Mustaqillik mahalla fuqarolar yig‘ini hududida, Gurlan tumanining Do‘simboy va Eshimjiron, Yangibozor tumanining Xalqobod va Bog‘olon, Bog‘ot tumanining Xitoy, Og‘izravot va Qorayantoq, Pitnak shahrining Pitnak qishloq fuqarolar yig‘inlari hududlarida, shuningdek, Shovot shahrining Madaniyat mahallasida va Urganch shahrining I. Dosov ko‘chasida Ucell uyali aloqa operatorining 3G standartidagi baza stansiyalari iste’molga kiritilgan.

O‘QING: Ucell o‘chirilgan raqamni so‘nggi egasiga ulashni yo‘lga qo‘ydi

3G standartidagi baza stansiyalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha: Nukus shahrining M. Jumanazarov va Fumanov ko‘chalarida, Amudaryo tumanining Jumurtov shaharchasi va Mang‘it shahrida, Qo‘ng‘irot tumanining Gulobod mahalla fuqarolar yig‘inida, Qo‘ng‘irot va O‘rnak qishloq fuqarolar yig‘inlari hamda Utegenov ko‘chasida, Nukus shahrining Xo‘jayli shohko‘chasida va RRS-39da, Kegeyli tumanining Kazanketgen qishlog‘ida ham ishga tushirilgan.

Ucell uyali aloqa operatori Qashqadaryo viloyati bo‘ylab ham tarmoq qamrov hududini kengaytirayotir. Jumladan, ko‘rsatilgan davrda Dehqonobod tumanining Odamtosh hududida, Koson shahrining Do‘stlik mahallasida, Mirishkor tumanining Pamuk shahrida, Qarshi shahrining Janubiy sanoat hududida, Jayhun, Maslozavodskaya va Xonobod ko‘chalarida, Kitob tumanining Xayrobot, Qarshi tumanining Xonobod, G‘uzor tumanining Toshguzar, Kasbi tumanining Yuksalish, Chiroqchi tumanining Ko‘kdala va Madaniyat qishloq fuqarolar yig‘inlari, shuningdek, Qarshi shahrining Qovchin qishloq fuqarolar yig‘ini va M. Jo‘raboyev ko‘chasida ham 3G standartidagi baza stansiyalari foydalanishga topshirilgan.

O‘QING: Ucell yangi raqamli SIM-kartalarni abonentning uyigacha eltib bermoqda

Navoiy viloyati bo‘yicha bo‘lsa Uchquduq tumanining “Uchquduq” RTSda, Uchquduq shahrining Mustaqillik ko‘chasida, Zarafshon shahrining “Miraj” bog‘dorchilar jamiyati, 6-sanoat hududida va “Universam” savdo markazida, Karmana tumanining Shibzon MFYda, Y. Oxunboboyev ko‘chasida, Yangi Ariq va Uyrot qishloq fuqarolar yig‘inlarida, Tomdi qishlog‘ining Tulabiy ko‘chasida, Navbahor tumanining Beshrabod qo‘rg‘oni, Saroy mahallasi va Keskanterak qishloq fuqarolar yig‘inida, Konimex tumanining Sobirova, Nurota tumanining S. Siddiqova, Xatirchi tumanining esa X. Alimov, A. Pulatov, Sh. Rashidov, A. Temur va A. Ikramov ko‘chalarida baza stansiyalari ishga tushirilgan.

O‘QING: Ucell «Qulay» xizmatlar to‘plamlarining qamrov hududini kengaytirdi va muddatini uzaytirdi

Mamlakatimizning janubi – Surxondaryo viloyati bo‘yicha: Sherobod tumanining Saraqamish, Termiz tumanining Jayronxona, Angor tumanining Yangiobod qishloq fuqarolar yig‘inlarida, Termiz shahrining Nekrasov ko‘chasida hamda Sariosiyo tumanining Debodom mahallasida ham 3G standartidagi baza stansiyalari iste’molga kiritilgan.

Toshkent viloyati bo‘ylab Yuqorichirchiq tumanining Uteshbekov ko‘chasi va Do‘stlik shirkat xo‘jaligida, Chirchiq shahrining Ramazon, Bektemir tumanining Ohangaron ko‘chalarida, Bo‘stonliq tumanining G‘azalkent va Iskandar qishloq fuqarolar yig‘inlarida hamda Ibn Sino ko‘chasida, shuningdek, Qibray tumanining Yangiobod qishloq fuqarolar yig‘inida ham 3G-stansiyalar foydalanishga topshirilgan.

O‘QING: Ucell hisob-kitoblarda kursni abonentlar foydasiga yaxlitladi!

Xabarga ko‘ra, Ucell uyali aloqa operatori shu muddatda Jizzax viloyati Jizzax shahrining N. Qo‘shoqov ko‘chasida 4G standartidagi baza stansiyasini ishga tushirgan.

Baza stansiyalarining ko‘payishi va xizmat ko‘rsatish hududining kengayishi O‘zbekiston Respublikasi aholisining yanada ko‘proq qismini sifatli uyali aloqa bilan ta’minlashga imkon yaratadi, deyiladi operator saytida.

O‘QING: Huawei smartfon va planshetlarini xarid qilganlarga Ucell megabaytlar beryapti