Qoraqalpog‘istonlik onaxonga o‘g‘li oltin iPhone X hadya etdi (+video)

  •   DiMaX
  •  3121
  •  11.01.2020 19:49

Qoraqalpog‘istonlik onaxonga o‘g‘li oltin iPhone X hadya etdi (+video)

Ilg‘or texnologik mahsulotlarning lyuks variantlarini tayyorlovchi Caviar kompaniyasi haqida bir necha xabarlar e’lon qilganmiz. Jumladan, ushbu brend Apple korporatsiyasining ayrim smartfonlari, quloqchinlari va boshqa gadjetlarini oltindan ishlab chiqargan.

O‘QING: iPhone XS: 2 milliard yillik materialdan yasalgan korpus

Talg‘at ismli qoraqalpog‘istonlik yigit o‘z onasiga shulardan birini sovg‘a qildi. Bu haqda o‘z muxbiri xabariga tayanib EVERYDAY.UZ yozmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, yigit onasining yubileyi – 75 yoshga to‘lgani munosabati bilan unga 24 qirot oltindan tayyorlangan iPhone X sovg‘a qilgan.

«Mana, ustida yozib qo‘yibdi... O‘zi bir dona chiqqan. Boshqa yo‘q. Orqasi butunlay 24 karat oltin. 46 million turadi. Niyat qilgan edim, sizga oltin telefon olib beraman deb. Ona, shunga arziysiz», – deydi onaxonning o‘g‘li Talg‘at.

O‘QING: Putin jamoasi uchun maxsus shohona iPhone X va Nokia 3310 yaratishdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!