Qo‘sh ekranli mobil qurilmalar uchun Windows Core OS tizimi tayyorlanyapti

  •   DiMaX
  •  1039
  •  17.09.2019 16:54

Qo‘sh ekranli mobil qurilmalar uchun Windows Core OS tizimi tayyorlanyapti

Bundan ikki yillar avval Microsoft kompaniyasi Windows Core OS nomli yangi operatsion tizim ustida ishlayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Endi esa buni rasman tasdiqlovchi ishonchli dalillar paydo bo‘ldi.

O‘QING: «Uchib» ishlovchi Windows Lite (yoki Lite OS) operatsion tizimi qachon chiqadi?

Windows 10 yangilanishlaridan biriga tegishli Microsoft rasmiy hujjatlari ichida Windows Core OS tilga olib o‘tilgani ma’lum bo‘ldi. Qizig‘i – quyidagi yozuvlar ushbu hujjatga joriy yilning 19 aprelida qo‘shilgan bo‘lsa-da, uni endigina ko‘rib qolishibdi.

Taxminlarga ko‘ra, Windows Core OS tizimi yangi turdagi qurilmalar – ikkita ekranli mobil shaxsiy kompyuterlarga mo‘ljallangan. Microsoft shunga o‘xshash gadjetini kelasi oydayoq taqdim etishi aytilayotir.

O‘QING: Bill Geyts o‘zining Microsoft rahbari sifatidagi eng katta xatosini tan oldi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!