Qo‘sh kamerali arzon smartfon: Redmi 8 taqdimot kunini Xiaomi rasman e’lon qildi!

  •   DiMaX
  •  2328
  •  03.10.2019 16:15

Qo‘sh kamerali arzon smartfon: Redmi 8 taqdimot kunini Xiaomi rasman e’lon qildi!

«Xitoycha Apple» yuz dollardan ham arzon Redmi 8A qurilmasini sentyabrning oxirida namoyish etgan edi. Mazkur model 39-haftada trendda bo‘lgan o‘nta smartfon ro‘yxatiga kirdi, shuningdek, uning Pro versiyasi chiqishi xususida xabar tarqaldi.

O‘QING: RASMAN: MIUI 11 barqaror proshivkasi qaysi Xiaomi smartfonlariga qachon yetib keladi?

Endi esa Xiaomi yana bitta smartfoni keng jamoatchilikka ko‘rsatiladigan kunni ham aytdi. Kompaniyaning Hindiston bo‘limi rahbari Manu Kumar Jayn (Manu Kumar Jain) bugun – 3 oktyabr kuni bu haqda Twitter’da post qoldirdi:

Unga ko‘ra, keyingi haftada – 9 oktyabr sanasida Xiaomi yana bitta yangi smartfonni namoyish qiladi. Garchi postda uning modeli aytilmagan esa-da, oddiy Redmi 8 bo‘lishi ehtimoli yuqori. Rasmga ko‘ra, bu devays qo‘shaloq kameraga va sig‘imdor akkumulyatorga ega.

O‘QING: Ko‘plab Xiaomi smartfonlari egalarini bir imkoniyatdan mahrum etishdi

Shu paytgacha sizib chiqqan ma’lumotlarga qarasak, Redmi 8 qora va qizil ranglardagi plastik korpusda taqdim qilinadi. Orqa panelida barmoq izi skaneri hamda 12 + 2 megapiksellik juft kamera joylashgan. Smartfonni yana 2.0 GGs.lik takt chastotasida ishlovchi protsessor hamda tasvir aniqligi HD+ formatida bo‘lgan, 6.21 dyuymlik ekran bilan ham jihozlashadi.

Redmi 8 akkumulyatorining tok sig‘imi 4000-4500 mA/soatlik bo‘lishi kutilmoqda. Kuzatuvchilar uning narxi 140 AQSh dollaridan kam bo‘lishini aytishayotir. Hozirgacha global savdoga chiqarilgan aksariyat Xiaomi telefonlarini esa 610 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga Terashop.uz internet do‘konimizdan xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: Joyni bo‘shat, Xiaomi! Bozorga yangi qirol kelyapti!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!