Qo‘shaloq kamera nimasi!? Uchta modulga ega 40 MP kamerali smartfonni qarshi olamiz!

  •   DiMaX
  •  2275
  •  07.12.2017 13:18

Qo‘shaloq kamera nimasi!? Uchta modulga ega 40 MP kamerali smartfonni qarshi olamiz!

Huawei hozirda qo‘shaloq ob’yektivga va Leica optikasiga ega smartfonlarni ishlab chiqarmoqda. Keyingi yil esa bu kompaniya kamerafonlar borasida yangi bosqichga ko‘tarilishni rejalashtirgan. Bu haqda GSMarena nashri xabar bermoqda.

O‘tkazilgan bu yilgi tadqiqotlarda Xitoyning Huawei P10 smartfoni  «Yilning eng yaxshi mobil kamerasi» degan nomga sazovor bo‘lgan. Xabarga ko‘ra, 2018 yili taqdim etiladigan Huawei P11 modelining asosiy kamerasi uchta ob’yektivga ega, uning selfi-kamerasi esa 24 megapikselli bo‘ladi!

O‘QING: Yevropada eng yaxshi smartfon va kamerafon mukofotlandi

Huawei P11 kamerafoni haqidagi mazkur ma’lumotni dunyoning bosh insayderi Evan Blass o‘zining Twitter-akkaunti orqali taqdim etgan.

Xitoylik ishlab chiqaruvchining P turkumiga mansub navbatdagi smartfoni uch modulli Leica kamerasi bilan jihozlanadi va u naq 40 megapikselli suratlar olishga qodir bo‘ladi. Uning yana bir ustunligi – besh karralik gibrid zumga egaligidir. Huawei har qanday sharoitda ham bu kamerada olingan suratlar a’lo sifatda chiqishini va’da qilayotir. Tunda bu smartfon yorug‘likni 100 foizga ko‘p «ko‘ra oladi», deyishmoqda xitoyliklar. Aftidan, bu yerda oldingi avlod smartfoniga qiyosan aytilgan bo‘lsa kerak.

O‘QING: O‘zbekistonda talab yuqori 5 ta Huawei smartfoni: jihat va narx-navo

Shuningdek, Huawei P11 modeli selfi ishqibozlari uchun ham ajoyib topilma bo‘ladi. Axir, uning 24 megapikselli old kamerasi ham yorug‘likning kamligidan «qo‘rqmaydi» va suratda hatto mayda detallargacha aniq chiqarib bera oladi.

Mazkur da’volarga isbot sifatida Evan Blass kompaniyaning promomateriallarini taqdim etgan. Xabarga ko‘ra, P11 smartfonini Huawei kelasi yilning birinchi choragida taqdim etishni rejalashtirgan. Uning narxi va korpus ranglari, shuningdek boshqa xususiyatlari haqida ham hozircha ma’lumotlar berilmagan.

O‘QING: Huawei smartfon va planshetlarini xarid qilganlarga Ucell megabaytlar beryapti

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.