«Qo‘shimcha!» aksiyasi: bittasini xarid qilib, ikkinchisini bepul oling!

  •   DiMaX
  •  1297
  •  03.05.2021 11:32

«Qo‘shimcha!» aksiyasi: bittasini xarid qilib, ikkinchisini bepul oling!

Mobiuz mobil operatori O‘zbekistonda ilk bor eSIM texnologiyasini ishga tushirganidan xabaringiz bor. Kompaniya yana 4 maygacha Galaxy S10 Lite smartfonini yutib olish mumkin bo‘lgan «Mobiuz’dan eSIM haqida do‘stlaringizni xabardor qiling!» tanlovini ham yo‘lgan qo‘ygan.

O‘QING: Yangi hamyonbop tarif rejalarini qarshi oling!

Mazkur uyali aloqa operatori endi 2021 yilning 30 iyun sanasigacha (shu kuni ham) amal qiluvchi «Qo‘shimcha!» aksiyasini e’lon qildi. Uning doirasida «Mobi 25», «Mobi 30+», «Mobi 40», «GAP yo‘q», «GAP yo‘q Pro» tarif rejalaridan biriga ulangan abonentga xuddi shunday tarif rejasidagi ikkinchi SIM-karta sovg‘a qilinadi!

Qo‘shimcha tarzda taqdim etilgan ikkinchi SIM-kartada tegishli tarif doirasidagi daqiqalar, SMS va megabaytlar limitlari to‘liq beriladi. Yoqimli jihati shundaki, unda birinchi oy uchun hech qanday to‘lov olinmaydi – limitlar mutlaqo bepul tarzda hadya etiladi!

«Qo‘shimcha!» aksiyasining taqdim etilish shartlari haqida batafsil ma’lumot olish uchun ushbu havola orqali operator saytiga o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: Mobiuz abonentlari va unga ulanmoqchi bo‘lganlar uchun ikkita xushxabar bor

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!