Qo‘shni mamlakatda barcha yirik qidiruv saytlari bloklandi

  •   DiMaX
  •  1176
  •  23.05.2019 06:50

Qo‘shni mamlakatda barcha yirik qidiruv saytlari bloklandi

Tojikiston dushanba – 20 may kunidan boshlab barcha yirik qidiruv saytlarga kirish imkoni chekladi. Buni «RIA Novosti» xabariga tayanib Sof.uz nashri yozmoqda.

O‘QING: Qo‘shni davlatdagi tashkilot vlogerlarni o‘z nazoratiga olmoqchi!

Buni mamlakatda faoliyat ko‘rsatuvchi telekommunitsion kompaniyalar ham tasdiqladi, deyiladi xabarda.

«Hukumat butun mamlakat bo‘ylab qidiruv saytlarni blokirovka qilish haqida qarorni qabul qildi», – deb ma’lum qilindi TCell, «Bilayn» va «Megafon» kompaniyalarida.

Prezident matbuot xizmatida hukumat tomonidan bunday qaror yoki farmoyish qabul qilinmagani aytilgan. Vakolatli bo‘lgan idora – Aloqa xizmati esa bu borada biror izoh bermagan.

O‘QING: Komil Allamjonov: «Xorijiy saytlardan to‘liq foydalanish mumkin bo‘ladi»

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!