Qo‘shni mamlakatda xorijlik sayyohlarga SIM-kartalar bepul berilmoqda

  •   DiMaX
  •  675
  •  21.06.2019 18:50

Qo‘shni mamlakatda xorijlik sayyohlarga SIM-kartalar bepul berilmoqda

Shu yil 15 iyundan boshlab qo‘shni Tojikistonga kelgan sayyohlarga bepul SIM-kartalar taqdim etilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bergan.

O‘QING: Telegram’da jiddiy xatolik: barcha shaxsiy ma’lumot va yozishmalaringizni SIM-kartaning yangi egasi ko‘ra oladi!

Bu boradagi bitimga Tojikiston IIV va «Tcell» kompaniyasi o‘rtasida erishildi. Sayyohlar uchun bepul SIM-kartalar o‘n kun mobaynida amal qiladi. Ularni Dushanbe xalqaro aeroporti, barcha chegara punktlari va Tojikiston IIVning turistik militsiya bo‘limlarida olish mumkin.

Xabarlarga qaraganda, sayyohlar Tojikistonga kelishidan avvalroq mahalliy sayyohlik kompaniyalari orqali SIM-karta olish uchun turistik militsiya bo‘limiga ariza berishi mumkin.

Nima uchun bu dasturda birgina «Tcell» ishtirok etayotgani va mamlakatdagi mobil aloqa kompaniyalari o‘rtasida tender o‘tkazilgan yoki o‘tkazilmagani yuzasidan Tojikiston rasmiylari hozircha izoh bermadi, deyiladi xabarda.

O‘QING: Nega SIM-kartalar har xil shaklda?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!