Qo‘shni mamlakatdagi 3 million Facebook foydalanuvchisining shaxsiy ma’lumotlari tarqalib ketdi

  •   DiMaX
  •  292
  •  06.04.2021 14:47

Qo‘shni mamlakatdagi 3 million Facebook foydalanuvchisining shaxsiy ma’lumotlari tarqalib ketdi

Eng yirik ijtimoiy tarmoq – Facebook platformasidan foydalangan 3 million nafar qozog‘istonlikning shaxsiga oid ma’lumotlar internetda tarqalib ketgan. Bu haqdagi xabarlarga rasmiy izoh berildi, deya ma’lum qildi Xabar.uz nashri.

O‘QING: Facebook foydalanuvchilari ma’lumotlari bilan birga, Mark Sukerbergning telefon raqami ham tarqalib ketdi!

Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vaziri Bagdat Musinning ta’kidlashicha, Qozog‘istonda Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi texnik muammolardan xabardor bo‘lish imkoni mavjud emas.

«Odamlar ro‘yxatdan o‘tishda «Ok» tugmachasini bosadi, xolos, aslida u hech qanday e’tirozi yo‘qligi haqida shartnomaga rozi bo‘ladi. Hech kim bu shartnomani o‘qimaydi, shu sababli bu narsa faqat Facebook’ning o‘zigagina ayon», – deydi vazir.

Bagdat Musin qozog‘istonliklarga shaxsiy ma’lumotlarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirmaslikni tavsiya qilgan.

O‘QING: Bir yilga cheksiz Telegram, YouTube, Tas-IX, qo‘ng‘iroqlar yoki ijtimoiy tarmoqlar kerakmi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.