«Qotib» ishlayotgan iPhone yoki iPad tezkor xotirasini tozalashning eng oddiy va samarali usuli

  •   DiMaX
  •  1743
  •  01.04.2019 16:56

«Qotib» ishlayotgan iPhone yoki iPad tezkor xotirasini tozalashning eng oddiy va samarali usuli

Apple devayslari odatda yaxshi ishlaydi, ammo ular ham ba’zida «og‘irlashib» qolishi kuzatiladi. Shunday vaziyatlarda ko‘pincha ayfon yoki aypadni o‘chirib-yoqish orqali muammodan qutulamiz.

O‘QING: iPhone qotib qolsa, uni majburan o‘chirib-yoqishni bilasizmi?

Mobil qurilmalarning sekinlashib qolishiga aksariyat hollarda tezkor xotiraning o‘ta band qilib tashlanganligi sababchi bo‘ladi. Buni bartaraf etish uchun esa iPhone yoki iPad’ni o‘chirib-yoqish shart emas, balki tezkor xotirani tozalash ham kifoya.

Buning esa osongina yo‘li bor (faqat mazkur usul iPhone X modelida ishlamaydi) va u quyidagicha:

1-qadam: iPhone yoki iPad’ni blokirovkadan chiqarasiz.

2-qadam: Devaysni o‘chirish-yoqish tugmachasini bosib, toki «O‘chirish» – «Viklyuchit» slayderi chiqqunicha qo‘yib yubormasdan ushlab turasiz.

3-qadam: Qurilmaning «Uyga» tugmachasini bosib, 5-20 soniya davomida, aniqrog‘i – yana tizim ekraniga chiqib qolguncha qo‘yib yubormay turasiz. Bunda «O‘chirish» slayderiga teginmaysiz.

Bo‘ldi – endi «tishlangan olmali» gadjetingiz yana tezlashib ishlayveradi!

O‘QING: iPhone’lar ham arzonlashdi – Terashop.uz’dagi narxlari bilan tanishing! (2019 yil 27 mart)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!