Qoyilmaqom Huawei P20 va P20 Pro flagmanlarini rasmiy videolarda tomosha qiling

  •   DiMaX
  •  1495
  •  13.08.2018 16:59

Qoyilmaqom Huawei P20 va P20 Pro flagmanlarini rasmiy videolarda tomosha qiling

Xitoylik smartfonsozning Huawei P20 hamda P20 Pro modellari metall korpusli, displeydagi «kemtik» ixchamlashtirilgan, kameralari bisyor... Kompaniya ushbu ikkita devaysning asosiy afzalliklarini ta’kidlab ko‘rsatuvchi rasmiy reklama roliklarini ham tarqatgan.

O‘QING: Huawei eng baquvvat akkumulyatorli flagmanini tayyorladi

Ulardan birinchisi Huawei P20 va P20 Pro’ning umumiy ustunliklarini namoyish etadi. Bular qatorida yangicha kameralar, suv va changdan himoya, yaxshi yoritilmagan sharoitlarda a’lo sifatli fotosuratlar hamda soniyasiga 960 kadrli roliklar yozish kabilar mavjud.

O‘QING: Huawei P20 — O‘zbekistondagi kuchli kamerafon

Ikkinchi rolik smartfonlarning aynan kamera imkoniyatlariga bag‘ishlangan. Uning bosh qahramoni – uchuvchi Mariya. Pilotning ta’kidlashicha, Huawei P20 nafaqat yerda, balki osmonda ham ajoyib suratlar olishga imkon beradi.

O‘QING: Huawei P20 Pro: "Malika"dagi uch ko‘zli “dahshat"!

Flagmanlarning sekinlashtirilgan holda videos’yomka qilish qobiliyatini raqqosa hikoyasi orqali ta’kidlab ko‘rsatishgan. Smartfon unga raqsning eng mayda detallarini yaxshilab ko‘rib olishda, raqs texnikasini yaxshilashda va yaxshi yutuqlarga erishishda yordam beradi.

O‘QING: "Malika"dan iPhone X o‘rniga olish mumkin bo‘lgan 5 ta arzon smartfon

Videolavhalar to‘plamiga fotosuratkash haqidagi rolik yakun yasaydi. Daniyalik supermodel va fotograf Xelena Kristensen suratga olish natijalaridan hayratda:

Aytish kerakki, Huawei mazkur videolavhalarida raqiblarini mayna qilmagan.

O‘QING: Samsung’ning «masxaraviy» seriali: u Galaxy Note 9 reklamasida ham Apple va iPhone X ustidan kulmoqda

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!